https://oz.sputniknews.uz/20230622/ichki-ishlar-organlari-yangi-vakolat-36220487.html
Ichki ishlar organlariga yangi vakolat beriladi
Ichki ishlar organlariga yangi vakolat beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qonunga ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni rasmiylashtirish vakolati berilishini, shuningdek, mazkur materiallarni tayyorlash tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda
2023-06-22T20:35+0500
2023-06-22T20:35+0500
2023-06-22T20:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston oliy majlisi senati
giyohvand moddalar
ichki ishlar organi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34094483_128:0:1240:625_1920x0_80_0_0_39cdd8d774d0816e4031b0e59b87d8f8.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisida “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritishni nazarda tutuvchi qonun ma’qullandi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni nafaqat narkologiya muassasalarining, oila a’zolarining (qarindoshlarining) iltimosnomalariga asosan, balki ichki ishlar organlarining tashabbusiga ko‘ra ham rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.Yana bir kiritilayotgan qo‘shimchalardan biri fuqarolarning narkologik tekshiruvdan o‘tkazilishini, maslahat berilishini, tashxis qo‘yilishini, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning ambulatoriya va statsionar sharoitlarda davolanishini hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini davlat kafolatlashi belgilab qo‘yilmoqda.Bundan tashqari, narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyatini aniqlash bilan bog‘liq barcha klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserining o‘zida, zarur hollarda esa tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lgan boshqa tibbiyot muassasalarida ham o‘tkazilishi haqidagi norma kiritilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34094483_218:0:1178:720_1920x0_80_0_0_5baa9705248323ae23b38e799af79a7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ichki ishlar organlari yangi vakolat narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish
ichki ishlar organlari yangi vakolat narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish
Ichki ishlar organlariga yangi vakolat beriladi
IIOga narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni rasmiylashtirish vakolati berilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisida “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritishni nazarda tutuvchi qonun ma’qullandi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni nafaqat narkologiya muassasalarining, oila a’zolarining (qarindoshlarining) iltimosnomalariga asosan, balki ichki ishlar organlarining tashabbusiga ko‘ra ham rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
“Shu munosabat bilan mazkur qonunga ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni rasmiylashtirish vakolati berilishini, shuningdek, mazkur materiallarni tayyorlash tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda”, - deyiladi parlamentning yuqori palatasi
xabarida.Yana bir kiritilayotgan qo‘shimchalardan biri fuqarolarning narkologik tekshiruvdan o‘tkazilishini, maslahat berilishini, tashxis qo‘yilishini, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarning ambulatoriya va statsionar sharoitlarda davolanishini hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini davlat kafolatlashi belgilab qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari, narkologik kasallikka chalingan shaxsni majburiy davolash zaruriyatini aniqlash bilan bog‘liq barcha klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserining o‘zida, zarur hollarda esa tegishli mutaxassislar mavjud bo‘lgan boshqa tibbiyot muassasalarida ham o‘tkazilishi haqidagi norma kiritilmoqda.