https://oz.sputniknews.uz/20230621/samarqand-tabiati-750-mln-som-zarar-36138200.html
Samarqand tabiatiga qariyb 750 mln so‘m zarar yetkazildi — tafsilotlar
Samarqand tabiatiga qariyb 750 mln so‘m zarar yetkazildi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Viloyatning Bulung‘ur tumanida ko‘p yillik daraxtlarni kesish bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi.
2023-06-21T10:55+0500
2023-06-21T10:55+0500
2023-06-21T14:05+0500
o‘zbekiston
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
jamiyat
daraxt kesilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36137948_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_37e9f18335fdf49b1aeb229d98c22e22.jpg
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 9 tup qayrag‘och noqonuniy tarzda kesib tashlandi va tabiatga 744 mln 642 ming so‘m zarar keltirildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi xabar berdi. Shikastlangan daraxt haqida xabar berishga mo‘ljallangan maxsus bot ishga tushirildi.Daraxtlar tuman hududidan o‘tuvchi Toshkent-Samarqand M-39-avtomagistral yo‘li yoqasida belbog‘ (ixota) shaklida ekilgan bo‘lgan. Daraxtlar qariyb 50-55 yildan buyon o‘sib kelgan.Daliliy ashyolar va tegishli hujjatlar to‘planib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun jarima miqdorlari oshirilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida ushbu huquqbuzarliklar takror sodir etilsa 15 sutkaga qamoqqa olish choralari belgilanmoqda.Shu bilan birga, endilikda daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma’muriy javobgarlik ham kiritilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36137948_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_56be715052878e2a5c6986234f71ec8a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston samarqand daraxt zarar
o‘zbekiston samarqand daraxt zarar
Samarqand tabiatiga qariyb 750 mln so‘m zarar yetkazildi — tafsilotlar
10:55 21.06.2023 (yangilandi: 14:05 21.06.2023) Viloyatning Bulung‘ur tumanida ko‘p yillik daraxtlarni kesish bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 9 tup qayrag‘och noqonuniy tarzda kesib tashlandi va tabiatga 744 mln 642 ming so‘m zarar keltirildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi
xabar berdi. Daraxtlar tuman hududidan o‘tuvchi Toshkent-Samarqand M-39-avtomagistral yo‘li yoqasida belbog‘ (ixota) shaklida ekilgan bo‘lgan. Daraxtlar qariyb 50-55 yildan buyon o‘sib kelgan.
Daliliy ashyolar va tegishli hujjatlar to‘planib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun jarima miqdorlari oshirilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida ushbu huquqbuzarliklar takror sodir etilsa 15 sutkaga qamoqqa olish choralari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, endilikda daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma’muriy javobgarlik
ham kiritilmoqda.