https://oz.sputniknews.uz/20230621/raqamli-suv-xojaligi-yagona-axborot-tizimi-36158860.html
“Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi
“Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yil 1-yanvargacha “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi. Bu 20-iyun kuni qabul qilingan prezident farmonida ko‘zda tutilgan.Suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
2023-06-21T16:21+0500
2023-06-21T16:21+0500
2023-06-21T16:21+0500
jamiyat
suv
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/50/72/507216_0:169:3041:1880_1920x0_80_0_0_b3ba1e7956bae75360462f26196fa410.jpg
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. 2025-yil 1-yanvargacha “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi. Bu 20-iyun kuni qabul qilingan prezident farmonida ko‘zda tutilgan.Suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.Shuningdek, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlandi.Inspeksiya 2023-yil 1-avgustdan suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan amalga oshiradi.Inspeksiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20230621/istemolchilar-suv-etkazib-berish-davlat-xususiy-sheriklik-36157712.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/50/72/507216_155:0:2886:2048_1920x0_80_0_0_14d54ea6fc51da996a3c493fd4ce650b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamli suv xo‘jaligi yagona axborot tizimi
raqamli suv xo‘jaligi yagona axborot tizimi
“Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi
Suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. 2025 yil 1-yanvargacha “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimi yaratiladi. Bu 20-iyun kuni qabul qilingan prezident farmonida
ko‘zda tutilgan. Suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlar mazkur tizimga bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
Shuningdek, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlandi.
Inspeksiya 2023-yil 1-avgustdan suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan amalga oshiradi.
Inspeksiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin.