Qashqadaryo viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / OLIVIER MORINSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:51 da qayd etilgan.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 13:51 da qayd etilgan. Episentr: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani.
Zilzila koordinatalari: 39,03 gradus shimoliy kenglik; 66,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 313 km janubiy-g‘arbda.
Yangiliklar lentasi
0