Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Moskva viloyatidagi harbiy omborlar yaqinida 2 ta dron qulab tushdi — foto

© Foto : Gubernator Moskovskoy oblasti VorobevDva bespilotnika upali na podlete k skladam v Podmoskovye.
Dva bespilotnika upali na podlete k skladam v Podmoskovye. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023
Obuna bo‘lish
Vorobov: Moskva viloyati harbiy omborlarga yaqinlashganda 2 ta dron qulab tushdi, qurbonlar yo‘q.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Chorshanba kuni ertalab Moskva viloyatidagi harbiy omborlarga yaqinlashayotgan 2 ta pilotsiz uchar apparat qulab tushdi, hech qanday vayronagarchilik va jarohatlanganlar yo‘q, deb ma’lum qildi viloyat gubernatori Andrey Vorobyov.
© Foto : Gubernator Moskovskoy oblasti VorobevDva bespilotnika upali na podlete k skladam v Podmoskovye.
Dva bespilotnika upali na podlete k skladam v Podmoskovye. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2023

"Bugun ertalab soat 5.30 va 5.50 da ikkita samolyot tipidagi apparat harbiy qarshi ta’sir natijasida harbiy qismlardan birining omborlariga yaqinlashayotganda qulab tushdi", — deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.

Dronlar parchalari topilgan, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Vorobyov voqea joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda, hudud o‘rab olingan, deya qo‘shimcha qildi Vorobyov va aholini xotirjamlikka chaqirdi.
30 may, seshanba kuni, Ukraina Moskvaga dronlar yordamida terrorchilik hujumini uyushtirdi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev 8ta samolyot tipidagi drondan foydalangan: 5 tasini Moskva viloyatidagi zenit qurollari urib tushirdi, 3 tasi radio-elektron vositalari yordamida bostirildi.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov dron hujumini izohlar ekan, bu Kiyev rejimining Rossiyaning qaror qabul qilish markazlaridan biriga bergan samarali zarbalariga javobi ekanligini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0