https://oz.sputniknews.uz/20230620/ozbekiston-prezident-saylov-savollar-msk-javob-36111330.html
O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovi haqida siz berishga uyalayotgan savollar — MSK javobi
O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovi haqida siz berishga uyalayotgan savollar — MSK javobi
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik nashri saylovchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga MSK tomonidan berilgan javoblarni taqdim etadi.
2023-06-20T16:19+0500
2023-06-20T16:19+0500
2023-07-05T15:17+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda prezident saylovi
saylovlar
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36410678_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_19dc325de67d6e315d6ab2ba8d2481b2.jpg
1.Fuqaro o‘zidan tashqari opa, aka, turmush o‘rtoq, ota-ona yoki qo‘shnisiga ularning pasporti yordamida ovoz berishi mumkinmi?O‘zbekiston Saylov kodeksining 5-moddasiga muvofiq saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega.Saylov kodeksining 52-moddasiga ko‘ra ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov bulleteni beriladi.Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 62-bandiga ko‘ra, boshqa shaxs uchun ovoz bermoqchi bo‘lgan saylovchiga saylov bulletenini berish taqiqlanadi.2. Bo‘sh bulleten saylov qutisiga tashlansa yoki barcha nomzodlar teng belgilansa nima bo‘ladi?Saylov kodeksining 94-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan namunadagi saylov bulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “ ” yoxud "x" belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov bulletenlari haqiqiy emas deb topiladi.Shuningdek, Saylov kodeksining 58-moddasiga ko‘ra uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonida haqiqiy emas deb topilgan saylov bulletenlarini aniqlaydi va sanab chiqadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.4.Agar saylov kuni ma’lumotlarim bazadan topilmasa, nima qilishim kerak ?Saylov kodeksining 27-moddasiga muvofiq saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.Shuningdek, Saylov kodeksining 52-moddasiga ko‘ra, biron-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.5.Saylovchilar ro‘yxatidagi imzo pasportda ko‘rsatilgan imzo bilan bir xil bo‘lmasachi?Birinchidan, bunday holat amaliyotda kuzatilmaydi. Basharti,shunday holat yuz bergan taqdirda Saylov kodeksining 52-moddasiga ko‘ra, uchastka saylov komissiyasi saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan ma’lumotlar bilan muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilgach saylovchiga ovoz berish bulletenini beradi.6. Pasportsiz ham ovoz berishim mumkinmi?Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 62-bandiga muvofiq ovoz berish uchun ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak.Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar sirasiga pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kiradi.7.Muddati o‘tgan pasport bilan ovoz berish mumkinmi?Yo‘q. Saylovchi ovoz berish uchun shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar sirasiga pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kiradi.8. Agar ovoz berish kuni mening pasportim pasport stolida bo‘lsachi (men uni o‘zgartirapman)?Saylovchi ovoz berish uchun shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan foydalanishi, shuningdek saylovchining pasporti IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga taqdim etilgan bo‘lsa, IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma asosida ovoz berishi mumkin.9. Saylov uchastkasiga kechiksam va u allaqachon yopilgan bo‘lsa, ovoz bera olamanmi?Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 75-bandiga ko‘ra uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari soat 20:00 da ovoz berish tugaganligini komissiyaning barcha a’zolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida e’lon qiladi. Saylov uchastkasi binosida hozir bo‘lgan saylovchilarga ovoz berish uchun imkoniyat beriladi.10. Men bir nechta nomzodga ovoz bera olamanmi?Saylov kodeksining 94-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan namunadagi saylov bulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “ ” yoxud "x" belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov bulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Shunga ko‘ra, saylovchi bir nechta nomzodga ovoz bera olmaydi. Bir saylovchi faqat bir nomzodga ovoz berishi mumkin.11. Agar men tasodifan saylov bulletenimni buzib qo‘ygan bo‘lsam, qanday yo‘l tutishim kerak?Saylov kodeksining 55-moddasiga ko‘ra saylovchi ovoz berish bulletenini buzib qo‘ygan taqdirda saylovchining iltimosiga ko‘ra ovoz berish bulleteni yangisiga almashtirib berilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov bulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yo‘li bilan) lozim va alohida saqlanadi.12. Uy hayvonlari bilan saylov uchastkasiga kelishi mumkinmi?Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 67-bandiga ko‘ra saylov kuni uchastka binosida quyidagilar hozir bo‘lishi mumkin:Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, saylovchilar uchastka binosiga uyhayvonlari bilan tashrif buyirishi maqsadga muvofiq emas. Saylovchilar boshqa ishtirokchilarining erkin harakatlanishiga to‘siq bo‘lmasligi hamda jamoat joylarida yurish-turish qoidalariga amal qilishi tavsiya etiladi.13. Saylov bulletenini o‘z qalamim yoki boshqa rangdagi ruchka bilan to‘ldirishim mumkinmi?Amaldagi saylov qonunchiligi ko‘ra ushbu holatda saylovchilar o‘zlari bilan olib kelgan ruchka, qalam va boshqa rangdagi bo‘yoqli ruchkalardan foydalanishiga taqiq yo‘q. Lekin saylovchilar uchastka binosida taqdim etiladigan ruchkadan foydalanishlari tavsiya etiladi.14. Fikrimni o‘zgartirsam, qayta ovoz berishim mumkinmi?Saylov kodeksining 5-moddasiga ko‘ra saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi. Saylovchi uchastka binosida saylov qutisiga saylov bulletenini tashlamasdan oldin qarorini o‘zgartirsa uning iltimosiga ko‘ra saylov bulleteni yangisiga almashtirib beriladi. Buzib qo‘yilgan saylov bulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yo‘li bilan) lozim va alohida saqlanadi.Ammo, saylovchi saylov bulleteni saylov qutisiga tashlaganidan so‘ng, o‘z qarorini o‘zgartirgan taqdirda saylovchiga yangi saylov bulleteni berilmaydi. Shu sababli saylovchilar ovoz berish binosiga kelmaslaridan oldin o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning saylovoldi dasturlari bilan tanishib chiqishi, saylov kunidan bir kun avval yakuniy qarorga kelishlari tavsiya etiladi. Saylov kuni saylovchining yakuniy qarorini o‘zgartirishga urinish yoki saylovchiga ta’sir o‘tkazish qonun bilan taqiqlanadi.15. Ovoz berish kabinasiga ikki va undan ortiq saylovchi kirishi mumkinmi?Saylov kodeksining 55-moddasiga ko‘ra saylovchi saylov bulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi. Saylov bulletenini to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.Saylov bulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1d/36410678_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c1c93fc66d733294754401082013f24c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezident saylovi 2023 savollar saylovchi msk
o‘zbekiston prezident saylovi 2023 savollar saylovchi msk
O‘zbekistonda o‘tadigan prezident saylovi haqida siz berishga uyalayotgan savollar — MSK javobi
16:19 20.06.2023 (yangilandi: 15:17 05.07.2023) O‘zbekistonda 9-iyul kuni muddatidan oldin prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Sputnik nashri saylovchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan savollarga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan javoblarni taqdim etadi.
1.Fuqaro o‘zidan tashqari opa, aka, turmush o‘rtoq, ota-ona yoki qo‘shnisiga ularning pasporti yordamida ovoz berishi mumkinmi?
O‘zbekiston Saylov kodeksining 5-moddasiga muvofiq saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega.
Saylov kodeksining 52-moddasiga ko‘ra ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov bulleteni beriladi.
Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 62-bandiga ko‘ra, boshqa shaxs uchun ovoz bermoqchi bo‘lgan saylovchiga saylov bulletenini berish taqiqlanadi.
2. Bo‘sh bulleten saylov qutisiga tashlansa yoki barcha nomzodlar teng belgilansa nima bo‘ladi?
Saylov kodeksining 94-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan namunadagi saylov bulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “ ” yoxud "x" belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov bulletenlari haqiqiy emas deb topiladi.
Shuningdek, Saylov kodeksining 58-moddasiga ko‘ra uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqish jarayonida haqiqiy emas deb topilgan saylov bulletenlarini aniqlaydi va sanab chiqadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
4.Agar saylov kuni ma’lumotlarim bazadan topilmasa, nima qilishim kerak ?
Saylov kodeksining 27-moddasiga muvofiq saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.
Shuningdek, Saylov kodeksining 52-moddasiga ko‘ra, biron-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.
5.Saylovchilar ro‘yxatidagi imzo pasportda ko‘rsatilgan imzo bilan bir xil bo‘lmasachi?
Birinchidan, bunday holat amaliyotda kuzatilmaydi. Basharti,shunday holat yuz bergan taqdirda Saylov kodeksining 52-moddasiga ko‘ra, uchastka saylov komissiyasi saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan ma’lumotlar bilan muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilgach saylovchiga ovoz berish bulletenini beradi.
6. Pasportsiz ham ovoz berishim mumkinmi?
Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 62-bandiga muvofiq ovoz berish uchun ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar sirasiga pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kiradi.
7.Muddati o‘tgan pasport bilan ovoz berish mumkinmi?
Yo‘q. Saylovchi ovoz berish uchun shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar sirasiga pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma kiradi.
8. Agar ovoz berish kuni mening pasportim pasport stolida bo‘lsachi (men uni o‘zgartirapman)?
Saylovchi ovoz berish uchun shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan foydalanishi, shuningdek saylovchining pasporti IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga taqdim etilgan bo‘lsa, IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma asosida ovoz berishi mumkin.
9. Saylov uchastkasiga kechiksam va u allaqachon yopilgan bo‘lsa, ovoz bera olamanmi?
Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 75-bandiga ko‘ra uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari soat 20:00 da ovoz berish tugaganligini komissiyaning barcha a’zolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida e’lon qiladi. Saylov uchastkasi binosida hozir bo‘lgan saylovchilarga ovoz berish uchun imkoniyat beriladi.
10. Men bir nechta nomzodga ovoz bera olamanmi?
Saylov kodeksining 94-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan namunadagi saylov bulletenlari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “ ” yoxud "x" belgisi qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov bulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Shunga ko‘ra, saylovchi bir nechta nomzodga ovoz bera olmaydi. Bir saylovchi faqat bir nomzodga ovoz berishi mumkin.
11. Agar men tasodifan saylov bulletenimni buzib qo‘ygan bo‘lsam, qanday yo‘l tutishim kerak?
Saylov kodeksining 55-moddasiga ko‘ra saylovchi ovoz berish bulletenini buzib qo‘ygan taqdirda saylovchining iltimosiga ko‘ra ovoz berish bulleteni yangisiga almashtirib berilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov bulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yo‘li bilan) lozim va alohida saqlanadi.
12. Uy hayvonlari bilan saylov uchastkasiga kelishi mumkinmi?
Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 67-bandiga ko‘ra saylov kuni uchastka binosida quyidagilar hozir bo‘lishi mumkin:
tegishli uchastka saylov komissiyasi a’zolari;
tegishli okrug saylov komissiyasi a’zolari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari;
ommaviy axborot vositalari vakillari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari;
boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar;
uchastkadagi saylovchilar ro‘yxati bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etuvchi saylovchilar.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, saylovchilar uchastka binosiga uyhayvonlari bilan tashrif buyirishi maqsadga muvofiq emas. Saylovchilar boshqa ishtirokchilarining erkin harakatlanishiga to‘siq bo‘lmasligi hamda jamoat joylarida yurish-turish qoidalariga amal qilishi tavsiya etiladi.
13. Saylov bulletenini o‘z qalamim yoki boshqa rangdagi ruchka bilan to‘ldirishim mumkinmi?
Amaldagi saylov qonunchiligi ko‘ra ushbu holatda saylovchilar o‘zlari bilan olib kelgan ruchka, qalam va boshqa rangdagi bo‘yoqli ruchkalardan foydalanishiga taqiq yo‘q. Lekin saylovchilar uchastka binosida taqdim etiladigan ruchkadan foydalanishlari tavsiya etiladi.
14. Fikrimni o‘zgartirsam, qayta ovoz berishim mumkinmi?
Saylov kodeksining 5-moddasiga ko‘ra saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo‘ladi. Saylovchi uchastka binosida saylov qutisiga saylov bulletenini tashlamasdan oldin qarorini o‘zgartirsa uning iltimosiga ko‘ra saylov bulleteni yangisiga almashtirib beriladi. Buzib qo‘yilgan saylov bulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yo‘li bilan) lozim va alohida saqlanadi.
Ammo, saylovchi saylov bulleteni saylov qutisiga tashlaganidan so‘ng, o‘z qarorini o‘zgartirgan taqdirda saylovchiga yangi saylov bulleteni berilmaydi. Shu sababli saylovchilar ovoz berish binosiga kelmaslaridan oldin o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning saylovoldi dasturlari bilan tanishib chiqishi, saylov kunidan bir kun avval yakuniy qarorga kelishlari tavsiya etiladi. Saylov kuni saylovchining yakuniy qarorini o‘zgartirishga urinish yoki saylovchiga ta’sir o‘tkazish qonun bilan taqiqlanadi.
15. Ovoz berish kabinasiga ikki va undan ortiq saylovchi kirishi mumkinmi?
Saylov kodeksining 55-moddasiga ko‘ra saylovchi saylov bulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi. Saylov bulletenini to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
Saylov bulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovi 9-iyul kuniga
belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari
bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi
tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.