Samarqanddagi TDT ta’lim vazirlari yig‘ilishi yakunlandi — tafsilotlar
10:07 15.06.2023 (yangilandi: 14:20 15.06.2023)
© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiSamarqanddagi ta’lim vazirlari yig‘ilishi
© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Obuna bo‘lish
Xalqaro anjumanda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston fan va ta’lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlarining VII yig‘ilishi yakunlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
13-14 iyun kunlari o‘tkazilgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston fan va ta’lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashdi.
© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiSamarqanddagi ta’lim vazirlari yig‘ilishi yakunlandi
Samarqanddagi ta’lim vazirlari yig‘ilishi yakunlandi
© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Yig‘ilganlar tomonidan tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar 2012-yildan buyon doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgani, ushbu ikki kunlik yig‘ilish turkiy davlatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.
TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ta’lim sohasida kelishilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.
Shu bilan bir qatorda, mazkur yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi Orxun almashinuv dasturining hozirgi holati hamda keyingi yili mazkur tadbirda raislik qiluvchi tomon va o‘tkazish joyini aniqlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar har bir mavzu bo‘yicha o‘z munosabati va fikrini bildirdi.