Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari o‘zaro manfaatli hamkorlik namunasidir – Malginov

© Ramiz BaxtiyarovRossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, arxiv surat
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi elchisi Toshkentdagi diplomatik vakolatxonada an’anaviy tarzda tashkil etiladigan Rossiya kuni – tantanali marosimida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. G‘arbning davlatlar o‘rtasida nizo solishga urinishlariga qaramay, bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasidir, deya nutq so‘zladi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Rossiya kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda.

“Bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro huquq, suverenitetni hurmat qilish, qarorlar qabul qilishda mustaqillik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasi ekanligi quvonarlidir. G‘arb mamlakatlarimiz o‘rtasida kelishmovchilik vujudga chiqarish, xalqlarimiz munosabatlarini buzishga betakalluf urinayotgan bo‘lishiga qaramay, biz taslim bo‘lmaymiz va siyosat bilan iqtisoddan tortib, muhim sohalarda – energetika, ta’lim, ilm-fan va madaniyat doirasida ko‘p darajali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha prezidentlarimiz belgilagan yo‘nalishga amal qilishda davom etamiz”, – deya ta’kidladi elchi.

Diplomat mamlakatlar o‘rtasida yaqinda tuzilgan muvaffaqiyatli hamkorlik misollarini esladi. Xususan, Toshkentdagi “Innoprom” ko‘rgazmasida Rossiya viloyatlaridan katta delegatsiyaning ishtiroki, Oliy Majlis Senati delegatsiyasining Dog‘istonga tashrifi, O‘zbekistonda “Rossiya fasllari” festivali o‘tkazilganlini esga oldi.
“Umuman olganda, bilasizmi, bugun munosabatlarimiz haqida gapirar ekanman, men muhtaram Shavkat Miromonovichning yaqinda Navro‘z bayrami tantanalarida aytgan aforistik iborasini yodga olishni istardim: “Rus va O‘zbekiston – ular doimo birga bo‘lgan va bo‘ladi”. Bugungi bayramni mehmondo‘st o‘zbek zaminida nishonlayotganimdan chin dildan mamnunman", – ma’lum qildi elchi.
Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasida o‘tkazilgan an’anaviy qabulda Rossiyaning xalqaro va madaniy tashkilotlari, biznes hamjamiyati va vatandoshlar tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0