O‘zbekiston Rossiya ishtirokida yangi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etishni taklif qildi

© Press-slujba pravitelstva Rossiyskoy FederatsiiRossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov uchrashuvi
Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Obuna bo‘lish
Aripov "Belarus-Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” yangi multimodal transport yo‘lagini shakllantirishni taklif qildi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya ishtiroki bilan yangi xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirishdan manfaatdor, bu istiqbolli sotish bozorlarini ochishga imkon beradi. Bu haqda respublika bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
Aripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘zaro savdo-sotiq diversifikatsiyasining kengaytirish mexanizmini yo‘lga qo‘yishning uddasidan chiqqanini ta’kidladi.
“Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha kompleks dastur izchil amalga oshirilmoqda”, - dedi Aripov.
Shuningdek, u O‘zbekistonda Rossiya bilan qo‘shma sanoat parklarini tashkil etish jarayoni faol rivojlanayotganiga e’tibor qaratdi.
“Transport-logistika sohasi hamkorligimizning asosiy yo‘nalishidir. Bugungi chaqiriqlarga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yuk tashishning ijobiy o‘sishini saqlab qolishga erishapmiz. Mamlakatlarimizga istiqbolli sotish bozorlar ochish imkonini berishi mumkin bo‘lgan yangi xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirishdan manfaatdormiz”, - dedi O‘zbekiston bosh vaziri.
Uning ta’kidlashicha, shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston mintaqadagi asosiy transport yo‘lagi bo‘lgan Sever-Yug (Shimol-Janub) xalqaro yo‘lagini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Belarus-Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” yangi multimodal transport yo‘lagini birgalikda shakllantirishni taklif qilamiz”, - dedi Aripov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqalar hamkorligi ikki mamlakatning muvaffaqiyatli hamkorligi drayveri sanaladi. Bu yil O‘zbekiston mintaqalari rahbarlarining Rossiyaga qator tashriflari rejalashtirilgan. Tashrif doirasida biznes va milliy ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Aripov O‘zbekiston rossiyaliklar orasida ommabop asosiy sayyohlik yo‘nalishi bo‘lib borayotganiga ham e’tibor qaradi. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra qariyb 600 ming rossiyalik sayyoh O‘zbekistonga kelgan. Bu 2021-yilga qaraganda uch baravar ko‘proq.
U O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sherikchilikni oshirish maqsadidagi birgalikdagi ishlarga umid bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0