https://oz.sputniknews.uz/20230609/ozbekiston-prezident-saylov-byulleten-35831507.html
O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish bulleteni tasdiqlandi
O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish bulleteni tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi saylov bulletenining shakli, matni va tavsifini tasdiqladi.
2023-06-09T11:19+0500
2023-06-09T11:19+0500
2023-06-09T11:51+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda prezident saylovi
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/09/35836186_1:0:854:480_1920x0_80_0_0_4a1f73f00879c3f36bbc51d75d0306a4.png.webp
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov bulletenining shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissisining (MSK) navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, prezidentlikka nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi saylov bulleteniga, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari hamda saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalarga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi tartibida kiritiladi.Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi. Saylov bulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.Uchastka saylov komissiyalari saylov bulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi. Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov bulletenlarining soni uchastka bo‘yicha ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas.Prezident sayloviga oldingiga qaraganda 41 foizga kamroq mablag‘ - 174 mlrd so‘m ajratildi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/09/35836186_107:0:747:480_1920x0_80_0_0_977b8fb2e3145efdad1036856b904c92.png.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezident saylovi saylov bulleteni 2023
o‘zbekiston prezident saylovi saylov bulleteni 2023
O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish bulleteni tasdiqlandi
11:19 09.06.2023 (yangilandi: 11:51 09.06.2023) Markaziy saylov komissiyasi saylov bulletenining shakli, matni va tavsifini tasdiqladi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov bulletenining shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissisining (MSK) navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, prezidentlikka nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi saylov bulleteniga, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari hamda saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalarga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi tartibida kiritiladi.
"Kalendar rejaga ko‘ra, 19-iyunga qadar saylov bulletenlariga bo‘lgan extiyoj aniqlanishi va chop etilishi lozim", deydi MSK kotibi Xudoyor Mamatov.
Saylov bulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi. Saylov bulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyalari saylov bulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi. Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov bulletenlarining soni uchastka bo‘yicha ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq bo‘lishi mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari
bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi
tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP)
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.