O‘zbekiston-O‘mon o‘yini: biletlar necha puldan sotilmoqda?

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov "Bunyodkor" stadioni, arxiv surat
 Bunyodkor stadioni, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2023
Obuna bo‘lish
“CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri doirasida O‘zbekiston va O‘mon terma o‘yini uchun biletlarni “Bunyodkor” stadioni kassalarida va maxsus sayt orqali xarid qilish mumkin.
TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi “CAFA Nation’s Cup” xalqaro musobaqasi doirasidagi dastlabki o‘yinini 11-iyun kuni O‘monga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 20:30 da boshlanadi.
Sputnik muxbiri O‘zbekiston-O‘mon o‘yini uchun chipta necha puldan sotilayotgani bilan qiziqdi.
Chiptani tanlangan joyga qarab 25 mingdan so‘mdan 200 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. O‘yin uchun chiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalarida ham sotilmoqda.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
O‘yinlar Toshkent va Bishkek shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0