Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina QK Zaporojyeda qarshi hujum vaqtida katta yo‘qotishlarga uchradi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUkraina armiyasining yakson qilingan harbiy texnikasi. Arxiv surat
Ukraina armiyasining yakson qilingan harbiy texnikasi. Arxiv surat
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
Rogov: Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye frontida qarshi hujumga o‘tdi va katta yo‘qotishlar bilan chekindi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Zaporojye viloyatida keng ko‘lamli qarshi hujumni boshladi, ularning mudofaani yorib o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlari katta yo‘qotishlarga olib keldi, deb ma’lum qildi “Mi vmeste s Rossiyey” (Biz Rossiya bilan birgamiz) jamoat harakati rahbari Vladimir Rogov RIA Novosti’ga.
"Dushman frontning Zaporojye uchastkasiga maksimal kuch va texnikani tashladi. Bunday miqdor bizning yo‘nalishda hech qachon qo‘llanilmagan. Dushman hujumi, jumladan, artilleriya, aviatsiya va tank zaxiralarini qo‘llash orqali to‘xtatildi", - deydi agentlik suhbatdoshi.
Uning aniqlik kiritishicha, Ukraina QKning asosiy hujumi Orexovo shahrining janubi va janubi-sharqida Tokmak yo‘nalishida to‘plangan.
Ukraina qo‘shinlarining mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi: ular "katta yo‘qotishlarga" duchor bo‘lib, yangi hujum uchun kuch to‘plash uchun orqaga chekinishdi.
"Ayni damda Ukraina QK Rabotino qishlog‘i yaqinida bir balandlikda mustahkam o‘rnashib olishga muvaffaq bo‘ldi. Hozir u yerda to‘xtovsiz janglar davom etmoqda, harbiylarimiz dushmanga zarba bermoqda", - deya qo‘shimcha qildi Rogov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlarining maqsadi - Qrimga quruqlik yo‘lagini kesib o‘tish uchun operatsion cho‘l kengligiga kirgan Tokmak shahrini egallab, Azov dengiziga chiqish.
Yangiliklar lentasi
0