https://oz.sputniknews.uz/20230608/ukraina-nato-amerikalik-harbiy-35816621.html
Ukrainaning NATOga qo‘shilish oqibatlari qanday bo‘ladi - amerikalik harbiy taxmini
Ukrainaning NATOga qo‘shilish oqibatlari qanday bo‘ladi - amerikalik harbiy taxmini
Sputnik O‘zbekiston
AQSh armiyasi iste’fodagi podpolkovnigining fikricha, Ukrainaning NATOga kirishi, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan halokat xavfini bildiradi.
2023-06-08T18:44+0500
2023-06-08T18:44+0500
2023-06-08T18:44+0500
ukraina
aqsh
nato
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/11/3251155_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4339ef7a8c5e6f64c82456661b95fdfe.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Ukrainada NATOga a’zo bo‘lish istiqboli yo‘q, chunki bunday qadam butun dunyo miqyosidagi halokatga olib keladi, deb yozadi AQSh armiyasi iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis "Newsweek" uchun yozgan maqolasida."Ukrainaning NATOga kirishi, hozir yoki mojarodan keyin bo‘lsin, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan halokat xavfini bildiradi. Quruq va’dalarga qaramay, NATO Ukraina uchun jang qilish va o‘lish uchun qo‘shin jo‘natishni istamasligini allaqachon ifoda qilib bo‘lgan", - deyiladi maqolada.Maqolada qayd etilishicha, ittifoq Kiyevni yolg‘on istiqbollar bilan mazax qilishda davom etib, AQSh va boshqalar yordamga kelishi uchun bahona bo‘ladi degan umidda Ukrainani xalqining hayotiga xavf soladigan siyosiy va harbiy qarorlar qabul qilishga undamoqda.Devisning so‘zlariga ko‘ra, harbiy betaraflik Zelenskiy uchun maqsadga muvofiq va istiqbolli yo‘ldir, chunki Ukrainaning 1991-yilgi chegaralariga qaytishini kutish haqiqatga mutlaqo zid.Mojaroga barham berishning yagona ehtimoliy yo‘li – Kiyev yo‘qotgan barcha hududlar qaytarilmasligiga kelishilgan muzokaralar yo‘li bilan mojaroni hal qilish, degan xulosaga keladi muallif.
https://oz.sputniknews.uz/20230518/medvedev-ukraina-nato-35061168.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/11/3251155_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_15f7aa6ce0deb7527ff0fcdab8369b9c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina nato aqsh
Ukrainaning NATOga qo‘shilish oqibatlari qanday bo‘ladi - amerikalik harbiy taxmini
AQSh armiyasi iste’fodagi podpolkovnigining fikricha, Ukrainaning NATOga kirishi, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan halokat xavfini bildiradi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Ukrainada NATOga a’zo bo‘lish istiqboli yo‘q, chunki bunday qadam butun dunyo miqyosidagi halokatga olib keladi, deb yozadi AQSh armiyasi iste’fodagi podpolkovnigi Deniyel Devis "Newsweek" uchun yozgan
maqolasida. "Ukrainaning NATOga kirishi, hozir yoki mojarodan keyin bo‘lsin, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan halokat xavfini bildiradi. Quruq va’dalarga qaramay, NATO Ukraina uchun jang qilish va o‘lish uchun qo‘shin jo‘natishni istamasligini allaqachon ifoda qilib bo‘lgan", - deyiladi maqolada.
Maqolada qayd etilishicha, ittifoq Kiyevni yolg‘on istiqbollar bilan mazax qilishda davom etib, AQSh va boshqalar yordamga kelishi uchun bahona bo‘ladi degan umidda Ukrainani xalqining hayotiga xavf soladigan siyosiy va harbiy qarorlar qabul qilishga undamoqda.
Devisning so‘zlariga ko‘ra, harbiy betaraflik Zelenskiy uchun maqsadga muvofiq va istiqbolli yo‘ldir, chunki Ukrainaning 1991-yilgi chegaralariga qaytishini kutish haqiqatga mutlaqo zid.
Mojaroga barham berishning yagona ehtimoliy yo‘li – Kiyev yo‘qotgan barcha hududlar qaytarilmasligiga kelishilgan muzokaralar yo‘li bilan mojaroni hal qilish, degan xulosaga keladi muallif.