Mishustin Rossiyaning ilg‘or raqamli ekotizimlarini tavsiya qildi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishRossiya bosh vaziri Mixail Mishustin MDH hukumat rahbarlari kengashida
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin  MDH hukumat rahbarlari kengashida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning bank xizmatlari, kiberxavfsizlik, xavfsiz shahar, suniy ong va boshqa ekotizimlari dunyo miqyosida eng ilg‘or va raqobatbardosh yechimlar qatoridan joy olgan.
TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin YeOIIdagi hamkasblariga Rossiyada yaratilgan raqamli ekotizimlarning raqobatbardosh afzalliklarini sinchiklab o‘rganishni va ulardan foydalanishni tavsiya qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Rossiyadagi ekotizimlar, birinchi navbatda, qulaylik uchun yaratilgan. Agar raqobatbardosh ustunliklarga e’tibor qaratsangiz, ko‘pchiligingiz bizning tizimlarimizni tanlaysiz, deb ishonaman. Yana bir bor barchani Rossiyada mavjud imkoniyatlarni diqqat bilan ko‘rib chiqishga taklif qilaman", - dedi Mishustin.
"Sberbank" rahbari German Grefning aytishicha, bank — kiberxavfsizlik, xavfsiz shahar, shuningdek, barcha turdagi robotlar va qurilmalar sohasida keng turdagi texnologik yechimlarni taklif etmoqda.

MDHda birinchi sun’iy ong

Masalan, Rossiya "Sberbank"i MDH hududida birinchilardan bo‘lib sun’iy ongini ishga tushirgan. "GigaChat" multimodal neyron tarmog‘i foydalanuvchi savollariga javob bera oladi, muloqot o‘tkazadi, dasturlar kodini yozadi, bitta kontekstda tavsiflar asosida matn va rasmlar yaratadi. "GigaChat" ko‘plab intellektual muammolarni hal qila oladi va Kandinskiy 2.1 qo‘shimcha moduli yordamida neyron tarmoqqa tasvirlarni yaratish mahoratini beradi.
Gref, xususan, sun’iy intellekt qirg‘iz xalq san’atiga taqlid qiluvchi yoki rassom Charlz Adaman uslubini o‘zlashtirgan rasmlarni qanday yaratishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Sun’iy ong yordamida tashxis qo‘yish

"Sberbank" sun’iy ong yordamida yaratilgan yana bir imkoniyatni taqdim etdi. Bu tibbiyot sohasida shifokorlarga tashxis qo‘yishga yordam beradigan dastur. "Top-3" tibbiy qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi 2019-yilda yaratilgan bo‘lib u bemor shikoyatlari asosida uchta eng ehtimoliy tashxisni taklif qiladi. "Top-3" allaqachon Moskvada ishlamoqda, shahar klinikalarida shifokorlar 10 milliondan ortiq dastlabki tashxis qo‘yishdi va ularning samaradorligi 7,4% ga oshdi.

Zamonaviy dasturlashni o‘rgatish tizimi

"Sberbank"ning yana bir loyihasi — "Maktab 21". Bu 18 yoshdan oshganlar uchun eng yuqori darajadagi muhandis bo‘lish imkoniyatini beruvchi bepul dasturlash maktabidir. Ta’lim loyihasida belgilangan asosiy maqsadlar barqaror rivojlanishni ta’minlash va davlatni raqamlashtirishni chuqurlashtirish uchun mamlakatda o‘zimizning malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, top-menejerlar va davlat organlari xodimlarining malakasini oshirishda yordam beradi.
Ta’lim muddati 1,5 yildan (boshlang‘ich darajadagi dasturchi - "Junior") dan 3-yilgacha (o‘rta darajadagi dasturchi - "Middle"). Butun o‘quv jarayoni o‘yin elementlari bilan o‘zimizning raqamli ta’lim platformamizda amalga oshiriladi. Bajarilgan topshiriqlar uchun ishtirokchilar yangi darajalarni ochadilar, tajriba ballarini to‘playdilar. O‘quvchilar o‘z personajini yaratiadilar va o‘yindagi kabi rivojlantirib, borishadi. Natijada o‘quv jarayoniga yaxshi jalb qilinadi va natijalarga tezroq erishadi.
Yangiliklar lentasi
0