Mishustin YeOII tashqi hamkorlari soni faqat ortib borishiga ishonch bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishRossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri bugungi kunda Misr, Indoneziya, BAA bilan erkin savdo hududini tashkil etish borasida muzokaralar olib borilayotganini eslatdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bir qator davlatlar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yib bo‘lishdi, istiqbolda hamkorlar ro‘yxati faqat kengayib boradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisi yakunida ma’lum qildi.
“Ittifoqning savdo munosabatlari bizning tashqi hamkorlarimiz bilan faol rivojlanmoqda. Biz bugun hamkorlarimiz bilan batafsil muhokama qilgan qator kelishuvlar bor: bu Vyetnam, Eron, Serbiya bilan hamkorlik. Bu ro‘yxat, shubhasiz, yaqin kelajakda kengayadi”, - dedi Mishustin.
Rossiya hukumati rahbari bugungi kunda Misr, Indoneziya, BAA bilan erkin savdo hududini tashkil etish borasida muzokaralar olib borilayotganini eslatdi.
“Bu yo‘nalishda Eron bilan ham muvaffaqiyatli olg‘a siljiyapmiz. Hamkorlikning bunday shakli foydali va mamlakatlarimiz biznesi uchun qo‘shimcha imtiyozlar eshigini ochadi. Va, albatta, asosiysi, tovar ayirboshlashimiz o‘sishiga xizmat qiladi”, - dedi u.
Avvalroq 2023-yilning to‘rt oyi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 18 foizga oshib, qariyb 6 milliard dollarni tashkil etgani xabar qilingan edi.
YeOII 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0