https://oz.sputniknews.uz/20230608/mahalliy-xojalik-shartnomalari-fors-major-35819773.html
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha fors-major holatlari qanday rasmiylashtiriladi
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha fors-major holatlari qanday rasmiylashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumatning 7-iyundagi qarori bilan Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2023-06-08T18:08+0500
2023-06-08T18:08+0500
2023-06-08T18:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:75:2497:1480_1920x0_80_0_0_d819440def8cdf6f7ba3ec07d77d1314.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Hukumatning 7-iyundagi qarori bilan Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, fors-major holatlar Savdo-sanoat palatasi raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiriladigan sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.Talabgor fors-major holatlarni tasdiqlash bo‘yicha sertifikat olish uchun Savdo-sanoat palatasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiladi.Palata taqdim etilgan hujjatlarni 1 ish kunida ko‘rib chiqadi.Hujjatlarda kamchilik bo‘lsa, talabgorga to‘liq taqdim etilmagan ma’lumot va hujjatlarni 10 kun ichida taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuboriladi.Fors-major holatlar mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror 15 kun muddatda qabul qilinadi.Sertifikat berish rad etilgan taqdirda, 3 kun muddatda talabgorga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.Sertifikat rasmiylashtirilgan taqdirda, talabgorga 1 kun ichida ma’lum qilinib, sertifikat rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.Sertifikat muddatsiz davrga beriladi. Sertifikat bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, faqat arizada ko‘rsatilgan shartnomaviy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.Mazkur tartib tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:0:2441:1831_1920x0_80_0_0_5b7cb278fe31c1d7548a0b5639f6d074.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mahalliy xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha fors-major holatlari rasmiylashtirish sertifikat
mahalliy xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha fors-major holatlari rasmiylashtirish sertifikat
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha fors-major holatlari qanday rasmiylashtiriladi
Talabgor fors-major holatlarni tasdiqlash bo‘yicha sertifikat olish uchun Savdo-sanoat palatasiga murojaat qiladi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Hukumatning 7-iyundagi qarori bilan Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom
tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, fors-major holatlar Savdo-sanoat palatasi raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiriladigan sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.
Talabgor fors-major holatlarni tasdiqlash bo‘yicha sertifikat olish uchun Savdo-sanoat palatasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qiladi.
Palata taqdim etilgan hujjatlarni 1 ish kunida ko‘rib chiqadi.
Hujjatlarda kamchilik bo‘lsa, talabgorga to‘liq taqdim etilmagan ma’lumot va hujjatlarni 10 kun ichida taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuboriladi.
Fors-major holatlar mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror 15 kun muddatda qabul qilinadi.
Sertifikat berish rad etilgan taqdirda, 3 kun muddatda talabgorga asoslantirilgan javob xati yuboriladi.
Sertifikat rasmiylashtirilgan taqdirda, talabgorga 1 kun ichida ma’lum qilinib, sertifikat rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi.
Sertifikat muddatsiz davrga beriladi. Sertifikat bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, faqat arizada ko‘rsatilgan shartnomaviy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Mazkur tartib tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.