Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh Zelenskiyning Kaxovka GES haqidagi so‘zlaridan dahshatga tushdi

© AP Photo / Nariman El-MoftyUkraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, arxiv surat
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Zaporojye AESda halokat sodir bo‘lishini uyushtirishga urunishi mumkin - Asia Times.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Zaporojye atom elektr stansiyasida halokat sodir bo‘lishini uyushtirishga urinishi mumkin, deb habar beradi amerikalik jurnalist Stiven Brayen "Asia Times" nashri uchun yozgan maqolasida.
Xususan, u Kiyev rejimi rahbarining Kaxovka GES portlashidan keyin “ruslarni to‘xtatish”ga da’vat qilgan kechagi bayonotiga e’tibor qaratdi.

"Agar g‘oya rossiyaliklarni ayblash uchun yirik yadroviy halokat hosil qilish bo‘lgan bo‘lsa, bu Ukraina va Yevropaga, balki butun dunyoga tahdid soladigan vayronkor harakatdir", - dedi Brayen.

Kiyev rejimining bunday harakatlari, boshidanoq muvaffaqiyatsizlikka uchragan Ukraina QKning qarshi hujumini saqlab qolishga urinish bo‘lishi mumkin, deb xulosa qildi sharhlovchi.
Yangiliklar lentasi
0