https://oz.sputniknews.uz/20230607/samarqand-oquvchi-4-qavat-qizcha-35776887.html
Samarqandda maktab bitiruvchilari 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolishdi
Samarqandda maktab bitiruvchilari 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolishdi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand shahrida to‘rt nafar yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizaloqni hayotini saqlab qoldi.
2023-06-07T12:42+0500
2023-06-07T12:42+0500
2023-06-07T12:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35779812_0:51:1280:771_1920x0_80_0_0_2f98675c63c98603fb1dcd7cfb90976d.jpg
TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Samarqandda to‘rt yigit ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizchaning hayotini saqlab qoldi. Bu xaqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Xabarda keltirilishicha, Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Shohrux Boborahimov, Murod Saidalimov, Ozod O‘tkirov va Jasur Eshnazarov sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolishgan.O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun tepa qavatga yuguradi, qolgan uchovlon qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashadi.Bolalardan biri zinapoyadan chiqayotgan paytda qizaloq pastga qulab tushgan. Yigitlar esa uni zudlik bilan tutib olishgan.Keyinroq aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lib yurgan paytda qizaloq eshik qulfi buzilib qolgan balkonga chiqib qolgan ekan. U peshonasidan yengil jarohat olgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35779812_92:0:1188:822_1920x0_80_0_0_51a192751150f89fd2c808b63f6482cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand maktab o‘quvchilari 4-qavat qizaloq
samarqand maktab o‘quvchilari 4-qavat qizaloq
Samarqandda maktab bitiruvchilari 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolishdi
12:42 07.06.2023 (yangilandi: 12:49 07.06.2023) Onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lib yurgan paytda qizaloq eshik qulfi buzilib qolgan balkonga chiqib qolgan.
TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Samarqandda to‘rt yigit ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizchaning hayotini saqlab qoldi. Bu xaqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
xabar berdi. Xabarda keltirilishicha, Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Shohrux Boborahimov, Murod Saidalimov, Ozod O‘tkirov va Jasur Eshnazarov sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolishgan.
O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun tepa qavatga yuguradi, qolgan uchovlon qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashadi.
Bolalardan biri zinapoyadan chiqayotgan paytda qizaloq pastga qulab tushgan. Yigitlar esa uni zudlik bilan tutib olishgan.
Keyinroq aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lib yurgan paytda qizaloq eshik qulfi buzilib qolgan balkonga chiqib qolgan ekan. U peshonasidan yengil jarohat olgan.