“UzAirways” Qurbon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tish"Uzbekistan Airways" samolyoti, arxiv foto
Uzbekistan Airways samolyoti, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
28 iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslar aviachiptalariga 50 % chegirma beriladi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 8-iyundan boshlab Qurbon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qiladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu yilning 28-iyunidan 2-iyuligacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy reyslar aviachiptalariga 50 % chegirma beriladi.
Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Sputnik muxbiriga bu yil Qurbon hayitining ehtimoliy sanasi 28-iyunga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgan edi. Hayitning aniq sanasi yangi oy chiqishiga qarab, Ulamolar kengashi qaroriga asosan bayramdan 10 kun oldin rasman e’lon qilinadi.
Qo‘shni davlatlar, xususan, Qozog‘iston va Turkmanistonda Qurbon hayiti 28-iyun kuni nishonlanishi rasman e’lon qilingan.
Yangiliklar lentasi
0