Bu yil qaysi talabalarga prezident granti beriladi?

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishDiktant
Diktant - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2023
Obuna bo‘lish
Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan talabalar prezident grantini oladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talabaga prezident granti beriladi, deya xabar berdi Ta’lim nazorati.
Prezidentning PQ-5172–sonli qarori bilan kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba prezident grantini oladi.
Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
“Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo‘lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko‘rilsa, grant asosida o‘qiydi”, deyiladi xabarda.
Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a’lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi.
Keyingi semestrni "a’lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori prezident stipendiyasi bilan bir xil.
O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Umumiy 2023/2024 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi. Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Studenti vo vremya obucheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2023
O‘zbekistonda imtihonsiz talaba bo‘lish yo‘llari va hujjat topshirish shartlari qanday?
Yangiliklar lentasi
0