BAA aviakompaniyasi O‘zbekistonning yana bir shahriga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishBAA aviakompaniyasi O‘zbekistonning yana bir shahriga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
BAA aviakompaniyasi O‘zbekistonning yana bir shahriga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Abu-Dabidan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) "Wizz Air" loukoster aviakompaniyasi Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi xabar berdi.
Buxoro viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i BAAdagi "WizzAir" loukoster aviakompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
© Press-slujba upravleniya Kulturi i turizma Buxarskoy oblastiLoukoster Wizz Air OAE zainteresovan v zapuske pramix reysov v Buxaru
Loukoster Wizz Air OAE zainteresovan v zapuske pramix reysov v Buxaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Hozirda aviakompaniya Toshkent va Samarqandga Abu-Dabidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini yo‘lga qo‘ygan. Muzokaralar davomida kelgusida ushbu reyslarni Buxorodan ham amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ushbu taklif BAA loukosteri rahbariyati a’zosi Krislen Keri tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Buxoro xalqaro aeroporti va Buxoro viloyatining turistik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.

“Kelgusida mazkur aviakompaniya bilan haftasiga Abu Dabi-Buxoro-Abu Dabi reyslarini amalga oshirish bo‘yicha Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro xalqaro aeroporti bilan barcha choralarni ko‘rishga qaror qilindi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu Buxoroga BAAdan keladigan sayyohlar sonining sezilarli darajada oshish imkonini yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0