Mirziyoyev Cho‘lponotaga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev Cho‘lponotaga jo‘nab ketdi.
Mirziyoyev Cho‘lponotaga jo‘nab ketdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Bugun davlat rahbari Cho‘lponota shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" ikkinchi sammitida ishtirok etadi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Bugun davlat rahbari Cho‘lponota shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" ikkinchi sammitida ishtirok etadi. Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Kun tartibidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
"GSP+" tizimidan foydalangan holda o‘zaro savdoni ko‘paytirish, investitsiya va innovatsiya loyihalari uchun qulay sharoit yaratish va ularni ilgari surishga ko‘maklashish, “yashil” energetikani joriy etish, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, raqamli o‘zaro bog‘liqlik, ekologiya, turizm, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi sheriklikning dolzarb jihatlari diqqat markazida bo‘ladi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bunday formatdagi birinchi mintaqaviy uchrashuv 2022-yil 27-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0