Maxsus operatsiya: 2-iyunning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishSelo u linii soprikosnoveniya na Artemovskom napravlenii.
Selo u linii soprikosnoveniya na Artemovskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya rejalari va maqsadlariga muvofiq Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vzairligi hisoboti:

Bugun tunda Rossiya Aerokosmik kuchlari Ukrainadagi muhim harbiy infratuzilma obyektlarini qamrab olgan dushman havo hujumidan mudofaa tizimlariga uzoq masofali yuqori aniqlikdagi havo zarbasi berdi. Barcha nishonga olingan obyektlarga zarba berildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Berestovoe va Masutovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 70 tagacha harbiy xizmatchisi, uchta avtomashinasi, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, shuningdek, D-30 va "Msta-B" gaubitsalarini yo‘q qildi.
LXRning Novoselovskoe aholi punkti hududida Ukraina diversion-razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
Xarkov viloyati Kislovka qishlog‘i yaqinida 103-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida tezkor-taktik va armiya aviatsiyasi, "Markaz" kuchlar guruhining artilleriyasi LXRning Kuzmino va DXRkning Torskoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 60 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita pikapi, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, ikkita D-20 va bitta "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Avdeyevka aholi punkti hududida faol operatsiyalar o‘tkazdi. "Axmat" maxsus otradining bo‘linmalari Marinskiy taktik yo‘nalishi bo‘yicha hujum operatsiyalarini davom ettirmoqda.
Janglar davomida 50 dan ortiq ukrainalik harbiylar, to‘rtta zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, uchta D-20 gaubitsasi, ikkita Grad MLRS, ikkita M777 artilleriya tizimi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhi DXRning Vodaanoe, Pavlovka, Zaporoje viloyatining Malaya Tokmachka va Sherbaki aholi punktlari hududlarida dushmanning 150 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita avtomashinasi, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, D-20 gaubitsasi, shuningdek, uchuvchilar apparatlarini boshqarish stansiyasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida dushmanning 30 dan ortiq harbiy xizmatchisi, ikkita pikap, "Msta-B" gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 73ta hududda joylashgan 96 ta artilleriya bo‘linmalarining 73 ta o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasini yo‘q qildi
Havo mudofaa kuchlari tomonidan kun davomida:
Xerson viloyati, Zolotaya Balka aholi punkti hududida Ukraina Su-25 samolyoti urib tushtirildi.
AQShda ishlab chiqarilgan 8ta HIMARS raketalari va bitta HARM antiradar nbpbvb raketasi tutib olindi.
LXRning Novodrujesk, Kremennaya, Verxnekamenka, DXRning Novobaxmutovka, Vladimirovka, Staromayorskoe, Xarkov viloyatining Sinkovka, Xerson viloyatining Novaya Kaxovka va Zaporoje viloyatining Gulyay Pole aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 29ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 431 ta samolyot, 235 ta vertolot, 4436 ta uchuvchisiz uchish apparati, 424 ta zenit-raketa majmuasi, 9356 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1108 ta ko‘p raketali tizimlarining jangovar mashinalari, 4971 ta dala artilleriya va minomotlari, shuningdek, 10598 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0