O‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqdi

© press-slujba MID Respubliki UzbekistanO‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Pokistonning mamlakatdagi elchisi bilan Afg‘oniston masalasida fikr almashdi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Pokistonning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokistonning mamlakatdagi elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.
Muloqotda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va xalqaro hamjamiyat, shuningdek, ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Pokiston elchisi o‘z so‘zida O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etishdagi muhim rolini ta’kidladi.
Tomonlar Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, xususan, Termiz–Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar temir yo‘li qurilishini ham muhokama qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0