Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — video

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishToshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — video
Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — video
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Kecha, 31-may kuni soat 21:00 larda Toshkent shahri Uchtepa tumanida 8 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa Toshkent halqa avtomobil yo‘li (THAY) - Zargarlik ko‘chalari kesishgan chorrahasida yuz bergan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasida KamAZ, 3 ta "Lacetti, 2 ta "Spark", "Nexia 3" va "Matiz" avtomashinalari to‘qnashgan.

YTH oqibatida "Lacetti" haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida Qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtomashinasi va tez tibbiy yordam mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0