https://oz.sputniknews.uz/20230531/ozbekiston-bogcha-tarbiyach-oqituvchi-oylik-35535665.html
Endi O‘zbekiston bog‘chalaridagi ayrim tarbiyachilar o‘qituvchilar bilan teng oylik oladi
Endi O‘zbekiston bog‘chalaridagi ayrim tarbiyachilar o‘qituvchilar bilan teng oylik oladi
Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilarnikiga tenglashtiriladi.
2023-05-31T10:59+0500
2023-05-31T10:59+0500
2023-05-31T15:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bog‘chalar
o‘qituvchilar
maosh
pul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1303/89/13038981_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_3245bac9373fb411a56ec43bd2891032.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilar oyligiga tenglashtiriladi. Buni nazarda tutuvchi prezidentning PF–79-sonli farmoni qabul qilindi.Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.Shuningdek, 2023/2024 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich maktablarning 1–4 sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi.Baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda o‘quvchining o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil ko‘nikmalari baholanadi.Boshlang‘ich sinflarda informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi.Barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.Qolaversa, 2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi. Bunda 2023/2024 o‘quv yilidan o‘qituvchilar stajor-o‘qituvchi sifatida ishlaydi va 1-yilda sertifikat olishi talab etiladi.2024 yil 1-yanvardan davlat bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1-yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1303/89/13038981_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_32715588daa7ff2a7ae22bd3bd260f56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston bog‘cha tarbiyasi o‘qituvchi oylik maosh yangi farmon
o‘zbekiston bog‘cha tarbiyasi o‘qituvchi oylik maosh yangi farmon
Endi O‘zbekiston bog‘chalaridagi ayrim tarbiyachilar o‘qituvchilar bilan teng oylik oladi
10:59 31.05.2023 (yangilandi: 15:29 31.05.2023) Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilarnikiga tenglashtiriladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilar oyligiga tenglashtiriladi. Buni nazarda tutuvchi prezidentning
PF–79-sonli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.
Shuningdek, 2023/2024 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich maktablarning 1–4 sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi.
Baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda o‘quvchining o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil ko‘nikmalari baholanadi.
Boshlang‘ich sinflarda informatika, o‘rta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari o‘tiladi.
Barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
Qolaversa, 2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi. Bunda 2023/2024 o‘quv yilidan o‘qituvchilar stajor-o‘qituvchi sifatida ishlaydi va 1-yilda sertifikat olishi talab etiladi.
2024 yil 1-yanvardan davlat bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1-yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.