Moskvaga dronlar hujumi: Putin qanday chora ko‘rishini aytdi — video

Obuna bo‘lish
Rossiyaning Ukraina harbiy razvedkasi shtabiga bergan zarbasiga javoban Kiyev rejimi Rossiya tinch aholisiga hujum qildi.
Vladmir Putin Moskvaga 30-may kuni Ukraina harbiylari tomonidan uyushtirilgan dronlar hujumiga izoh berdi.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hukumatining ushbu harakatlarida "yaqqol terrorchilik faoliyati belgilari bor". Ular bu bilan Rossiya aholisini qo‘rqitmoqchi bo‘lishgan.

Dronlarning aksariyati urib tushirilgan, qolganining yo‘nalishi o‘zgartirilgan. Kelajakda Moskva havo mudofaa tizimi zichlashtiriladi, - dedi Putin

Ma’lumot uchun, 30-may kuni Moskva tomon uchirilgan 8 ta dronning 5 tasi Moskva viloyati hududida "Pansir-S" zenit-raketa tizimi tomonidan urib tushirilgan va yana 3 tasi elektron kurash vositalari orqali bostirilgani tufayli boshqaruvni yo‘qotib, mo‘ljallangan nishondan chetga ketgan. Zarba natijasida jiddiy shikast yetmagan, ikki kishi yengil jarohat olgan.
Yangiliklar lentasi
0