Rossiya qo‘shinlari uchun Artyomovsk g‘arbida operativ kenglik ochildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO.
Podgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
“Baxmut qal’asi” qulagandan keyin rus armiyasi g‘arbiy yo‘nalishda hujum qilish va Donbass, Zaporoje, Xerson viloyatlarini to‘liq ozod qilish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari dushmanning orqa frontiga tezkorlik bilan yuqori aniqlikdagi zarbalarni berishda davom etmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlarining yoz boshidagi ilgari va’da qilingan bahorgi “qarshi hujumi” hali hanuz boshqa dunyolarda va G‘arb nashrlaridagina rivojlanmoqda.
29 may, dushanba kuni ertalab Ukraina poytaxti, shuningdek, Kiyev (Julyani aeroporti), Dnepropetrovsk, Sumi va Chernigov viloyatlarida havo trevogasi, havo hujumiga qarshi mudofaaning tartibsiz harakatlari va UQK obyektlarida kuchli portlashlar boshlandi.
Kecha tunda Rossiya QK Odessa, Kiyev, Kremenchug, Vinnitsa, Xarkov va Xmelniskiy viloyatlaridagi harbiy obyektlarga qo‘shma zarbalar bilan hujum amalga oshirdi. Odessa porti yonmoqda. Rossiyaning qanotli raketalari Ukrainaning g‘arbiy hududlariga yetib bordi – Lvov viloyatida “bir necha oy ichida eng kuchli raketa hujumi” haqida xabar berildi. UQKning Lvovdagi muhim obyektlari va G‘arb qurollari Kiyev rejimiga olib kelinadigan mintaqaviy transport-logistika markazlari portlatilgan.
28 may, yakshanba tongi ham Kiyev va Jitomir aholisi uchun arsenallarning kuchli portlashlari, UQKning o‘nlab obyektlarida sodir bo‘lgan yong‘inlar bilan esda qoldi. Kiyev harbiy ma’muriyati bu zarbalarni maxsus harbiy operatsiya davomida “eng ommaviy” zarbalar deb atadi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik punktlari, radiolokatsion stansiyalar, aviatsiya, UQKning qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarini saqlash obyektlariga zarbalar berilganini tasdiqladi.

“Kinjal”lar, “Iskander”lar, qanotli raketalar va uchuvchisiz “Geran”lar ko‘rinishidagi o‘sib borayotgan dahshat Ukrainada taxminan o‘n kun davomida kuzatilmoqda va Rossiya hujumidan oldin “artilleriya tayyorgarligi”ga o‘xshaydi.

Konstantinovka va Kramatorskdagi UQKning shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasini joylashtirish punktlariga alohida havo hujumlari haqidagi ma’lumotlar yuqoridagilar fonida biroz yo‘qolmoqda.
Shunga qaramay, “Baxmut qal’asi” qulagandan keyin Donbassda rus armiyasi operativ maydonga, Chasov Yar, Kramatorsk, Slavansk, Drujkovka va Konstantinovkani ozod qilish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Ushbu aholi punktlarida UQKning mudofaa chizig‘ini yengib o‘tgandan so‘ng, rus qo‘shinlarini Dneprga tezda o‘tishi, keyin esa butun chap qirg‘oqni egallashi mumkin.

Nega G‘arb g‘alabaga ishondi

G‘arblik tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Artyomovskdan besh kilometr uzoqlikdagi Chasov Yar shahri Donbassdagi Rossiya qo‘mondonligining ustuvor nishoniga aylanadi. Ular urush maydonidagi vaziyat endi o‘z harbiy holatini barqaror darajada ushlab turolmaydigan Ukraina uchun “yaxshi bo‘lmaydi” deb ogohlantirmoqdalar.

Amerikaning harbiy-tahlil nashri "Military Watch" 224 kun ichida “Vagner” xususiy harbiy guruhning 60 000 ta shartnoma bo‘yicha askarlari Artyomovskda Ukraina armiyasining eng yaxshi kuchlarini uslubiy va ishonchli tarzda yo‘q qilganini ta’kidladi.

Bu haqiqat Ukrainaning jadal rivojlanayotgan va qayta jihozlanayotgan Rossiya armiyasining asosiy kuchlariga qarshi kurashish qobiliyatini shubha ostiga qo‘yadi. Masalan, har oy Rossiya armiyasi dunyodagi eng yaxshi, kuchli va NATO qurollari yordamida shikastlab bo‘lmaydigan 100 dan ortiq yangi T-90M tanklarini oladi.
27 may kuni Kiyev yana bir bor UQK tomonidan qarshi hujum muqarrarligini e’lon qildi: “Bizga tegishli yerlarni qaytarish vaqti keldi”. Biroq, muqarrarlik bilan birga, noaniqlik kuchayib bormoqda – Kiyevning asosiy ikkiyuzlamachisi Vladimir Zelenskiy ikkilanmoqda.
Nemis razvedkasi UQK ning g‘alaba qozonishi uchun G‘arbning barcha yordami bilan ham imkoniyati yo‘qligini, bu imkoniyat boshidan yo‘q bo‘lgan degan xulosaga keldi. Germaniya razvedka xizmati rahbari Bruno Kal ta’kidlashicha, “Rossiya hali ham uzoq muddat davomida urush olib borishga qodir. Bu haqiqat mamlakatning yangi askarlarni yollash qobiliyatiga, o‘q-dorilar va qurollarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ham tegishli”.
Britaniyaning "Sky News" telekanalining xabariga ko‘ra, NATOning Rossiya bilan jangdagi qurollari Ukraina armiyasining umidini puchga chiqaradi va bu hatto “mo‘’jizaviy” F-16 qiruvchilariga ham tegishli.
Eslatib o‘tamiz, Kiyev “Ukrainani ozod qilish” uchun atigi 48 ta F -16 qiruvchisi kerak, deb hisoblaydi.
Amerikaning "Newsweek" nashri harbiy ekspertlarga tayanib, G‘arb va’da qilgan barcha tanklarni olish UQKning barcha muammolarini hal eta olmaydi – bu mutaxassislarning malakasini oshirmaydi, old va orqa frontga o‘q-dorilar yetkazib bermaydi, deb ta’kidlaydi. 19fortyfive nashri UQK Bosh qarorgohining ko‘rsatmalarida fasllarning o‘zgarishi emas, balki harbiy haqiqat ustun bo‘lishi kerakligini eslatadi. Xo‘sh, nimalar bo‘lmoqda?
Kiyevlik harbiy rahbarlar Sun-Szining “Urush san’ati”, Klauzevisning donoligi va Gerasimovning ta’limoti o‘rtasida aniq yo‘qolib qolishdi. UQKning to‘satdan hujum qilish imkoniyati qo‘ldan boy berildi. G‘arb resurslari shunchaki sarf bo‘lib ketmoqda. Ukraina, umuman olganda, keng ko‘lamli hujum operatsiyalarini amalga oshira olmaydi – Rossiya geografik jihatdan juda katta va harbiy jihatdan qudratli.
2022 yilgi 260 ming askarlar miqdoridagi Ukraina armiyasi deyarli yo‘q qilindi. Maxsus harbiy operatsiya paytida yuz minglab tayyorlangan va ruhlantirilgan harbiy xizmatchilar o‘ldirilgan, asirga olingan yoki yaralangan. Zaxiradagilar UQKning zaruriy jangovar kuchini ta’minlamayapti, mamlakatning safarbarlik salohiyati tugamoqda.
G‘arbning harbiy-sanoat majmuasi tanazzulga uchramoqda. Moskva G‘arb tomonidan “nazorat qilinayotgan” mojaroning kuchayishiga amaliy yadroviy zarba berish bilan tahdid qilmoqda. Zarba nishoni esa aslo geografik jihatdan Rossiya hududiga juda yaqin bo‘lgan Ukraina emas.
AQSh va NATOning Kiyev qo‘g‘irchoqlariga 14 ming “dahshatli sanksiyasi” va ko‘p milliard (dollar va yevrolik) qurol-yarog‘ yetkazib berishni e’lon qilib, Kremlni ruhiy tushkunlikka (taslim bo‘lishga) majburlash umidlari umuman amalga oshmadi.
G‘arb kelajakda Ukrainaning Zelenskiy rejimi tomonidan nazorat qilinadigan kichik bir qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvga qaror qiladimi? Savol ochiq qolmoqda. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, AQSh va NATO Rossiyani mag‘lub etishga qodir emas. Buni ko‘z o‘ngimizda ro‘y berayotgan qo‘g‘irchoq “mustaqil Ukraina”ning ayanchli holati va Ukraina soxta davlatchiligining jirkanch tarzda yakunlanishi tasdiqlaydi. G‘arb yordam bermaydi.
Pul “urush mushaklari” deb hisoblanadi, ammo har qanday armiyaning kuchi hukumat siyosatida. Amerikalik taniqli iqtisodchi Jeffri Saksning aytishicha, AQSh Ukrainada “afg‘on ssenariysi”ni kutmoqda, chunki Vashington Moskvaning xavfsizlik masalalari bo‘yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirdi va bu halokatga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0