https://oz.sputniknews.uz/20230530/ozbekiston-qogoz-ishlab-chiqarish-texnologiya-35505549.html
O‘zbekistonda qog‘oz ishlab chiqarishning noyob texnologiyasi yaratildi
O‘zbekistonda qog‘oz ishlab chiqarishning noyob texnologiyasi yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Banknotlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlari oshirilgan tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqildi.
2023-05-30T14:49+0500
2023-05-30T14:49+0500
2023-05-30T14:49+0500
jamiyat
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Banknotlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlari oshirilgan tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston Adliya vazirligi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari o‘zaro hamkorligida innovatsiyaviy usulda tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan himoyalangan qog‘ozlarni tayyorlash bo‘yicha izlanishlariga patent berdi.Qog‘oz tayyorlash jarayonida tabiiy ipak tolalar qog‘oz massasiga qo‘shiladi va so‘ngra unga fluoressent eritmasi shimdiriladi. Ultra binafsha nurlar bilan yoritilganda ipak oqsili kuchaytirilgan to‘q rangga kiradi va shu yo‘sinda qog‘oz qalbakilashtirishdan himoyalanadi. Bir xil qalinlikdagi tabiiy ipakning qog‘oz tarkibiga qo‘shilishi natijasida uning mustahkamligi bir necha baravar oshadi.Qayd etilishicha, mazkur ixtiro ipak tolasi qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda banknotlar, himoyalangan hujjatlar va qog‘ozlar ishlab chiqarishda peshqadam hisoblangan xorijiy kompaniyalar mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi o‘zbekiston qog‘oz ishlab chiqarish
tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi o‘zbekiston qog‘oz ishlab chiqarish
O‘zbekistonda qog‘oz ishlab chiqarishning noyob texnologiyasi yaratildi
Qog‘oz tayyorlash jarayonida tabiiy ipak tolalar qog‘oz massasiga qo‘shiladi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Banknotlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlari oshirilgan tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston Adliya vazirligi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari o‘zaro hamkorligida innovatsiyaviy usulda tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan himoyalangan qog‘ozlarni tayyorlash bo‘yicha izlanishlariga patent berdi.
“Mazkur ixtiro tufayli himoya elementlari tarkibiga tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qimmatbaho qog‘ozni boshqa turdagi qog‘ozlardan ajratish imkoniyati paydo bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Qog‘oz tayyorlash jarayonida tabiiy ipak tolalar qog‘oz massasiga qo‘shiladi va so‘ngra unga fluoressent eritmasi shimdiriladi. Ultra binafsha nurlar bilan yoritilganda ipak oqsili kuchaytirilgan to‘q rangga kiradi va shu yo‘sinda qog‘oz qalbakilashtirishdan himoyalanadi. Bir xil qalinlikdagi tabiiy ipakning qog‘oz tarkibiga qo‘shilishi natijasida uning mustahkamligi bir necha baravar oshadi.
Qayd etilishicha, mazkur ixtiro ipak tolasi qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda banknotlar, himoyalangan hujjatlar va qog‘ozlar ishlab chiqarishda peshqadam hisoblangan xorijiy kompaniyalar mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otgan.