Marg‘ilonda “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali boshlandi

© Ministerstvo kulturi i turizmaV Margilane startoval Mejdunarodniy folklorniy muzikalniy festival "Velikiy shelkoviy put".
V Margilane startoval Mejdunarodniy folklorniy muzikalniy festival Velikiy shelkoviy put. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Obuna bo‘lish
Festivalda 500 nafardan ortiq mahalliy va xorijlik ijodkorlar ishtirok etishmoqda.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Kecha, 29-may kuni Marg‘ilon shahrida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali boshlandi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Mazkur festivalga 500 nafardan ortiq ijodkorlar jalb etilgan. 31-mayga qadar davom etadigan festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
“O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy - amaliy konferensiya;
xorijiy va O‘zbekiston folklor jamoalarining konsertlari va badiiy kechalari;
folklor jamoalarining ijodiy uchrashuvlari va mahorat darslari;
folklor jamoalarining xalqaro ko‘rik – tanlovi;
sayillar.
Festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy davlatlar, xususan, qardosh xalqlar bilan O‘zbekiston o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
“Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali Marg‘ilon shahrida 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0