Hafta davomida O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi

© REUTERS / Francois LenoirJenshina pyet vodu v parke v sentre Brusselya, Belgiya
Jenshina pyet vodu v parke v sentre Brusselya, Belgiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Bugun va ish haftasi davomida O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 29-31 may kunlari kovektiv bulutlilik rivojlanishida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat kechalari 15-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari ish haftasining boshida harorat 32-37 darajadan, oxiriga kelib 35-37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol biroz esishi kutilmoqda. Havo harorati bugun kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib, 36-37 darajagacha ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0