Harorat +37 darajagacha isiydi — O‘zbekistonda 28-may uchun ob-havo

© Tabiat resurslari vazirligi O‘zbekistonning eng g‘aroyib ko‘llari
O‘zbekistonning eng g‘aroyib ko‘llari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun qator hududlarda havo harorati +37 darajagacha issiq bo‘ladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Bugun respublikaning qator hududlari +37 darajagacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi +16-21 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi +15-20, cho‘l hududlarida +23-25 daraja iliq, kunduzi +32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi +13-18 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi +17-22 daraja iliq, kunduzi +32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi +14-19 daraja iliq, kunduzi +28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Kechasi +8-13, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0