Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan terrorchilik tashkilotining bir guruh a’zolari ushlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovV naruchnikax
V naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Guruh a’zolari Suriya davlati hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Toshkent shahrida terrorchilik tashkilotining bir guruh yashirin a’zolari qo‘lga olindi, deya xabar berdi poytaxt IIBB.
Qayd etilishicha, 20-may kuni “Tavhid va jihod katibasi” nomli terrorchilik tashkilotining 8 nafar yashirin a’zolari ushlangan.
Tashkilot a’zolari shahar hududida jamoaviy yig‘inlar o‘tkazgan. Kelgusida Suriya davlati hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

“Ular terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan internet tarmog‘i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa o‘rnatib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelganlar”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat rodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, “Tavhid va jihod katibasi” “TJK”, Oliy sudning 2016-yil 26-sentabrdagi qarori bilan terroristik tashkilot deb topilib, mamlakat hududida uning faoliyati taqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0