Toshkentdagi ko‘rgazmada qanday noyob taqinchoqlar namoyish etilmoqda — foto, video

Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada Kushonlar podsholigi davridagi zargarlik buyumining o‘zbek ustalari tomonidan qayta tiklangan nusxasi ham namoyishga qo‘yilgan.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Toshkentda birinchi xalqaro zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi ochildi. Unda 20 dan ortiq mamlakat kompaniyalari ishtirok etmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ko‘rgazma ishtirokchilari oltin, kumush, qimmatbaho toshlar va marvaridlardan tayyorlangan mahsulotlarni namoyish etmoqda. Shuningdek, 3D printerda tayyorlangan plastika va oltindan yasalgan zargarlik buyumlari ham bor.
© Sputnik/Anna JelixovskayaV Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka
V Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Ular orasida jahonning yetakchi zargarlik brendlari, xususan, Rossiyadan Kostroma, Sankt-Peterburg va Moskva zargarlari ishtirok etmoqda.
Antiqa zargarlik buyumlari va qo‘l soatlari kolleksiyalari ham mavjud.
Gruziya zargarlari noyob dizayner zargarlik buyumlarini namoyish etmoqdalar.
© Sputnik/Anna JelixovskayaV Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka
V Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Lekin eng diqqatga sazovor eksponatlardan biri bu bezakning Kushonlar podsholigi davridagi aniq nusxasidir. U Dalvarzintepa qadimiy manzilgohida olib borilgan qazishmalar paytida topilgan. O‘zbek ustalari esa uni qayta tiklashdi.
Uning narxi salkam 14 million so‘mni tashkil etadi.
Ko‘rgazma o‘z ishini Yoshlar ijod saroyida 28-may kungacha olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0