"Silk Avia" mahalliy parvozlar uchun chiptalar sotuvini boshladi — yo‘nalish jadvali

© Press-slujba Uzbekistan AirportsV Tashkente vstretili perviy samolet regionalnoy aviakompanii Silk Avia.
V Tashkente vstretili perviy samolet regionalnoy aviakompanii Silk Avia. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Kelgusi oydan boshlab Toshkentni Farg‘ona va Nukus bilan bog‘laydigan samolyot Farg‘onadan Urganch, Buxoro va Navoiyga ham parvozlarni amalga oshiradi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi "Silk Avia" yangi yo‘nalishlarga chiptalar sotuvini boshladi, deya xabar berdi "Uzbekistan airports".
"Silk Avia" 1-iyundan yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Aviatashuvchining rasmiy sayti va aeroportlarda joylashgan kassalarda 25-may kuni chiptalar sotuvi boshlandi.
Kelgusi oydan boshlab Toshkentni Farg‘ona va Nukus bilan bog‘laydigan “havo taksisi” Farg‘onadan Urganch, Buxoro va Navoiyga ham parvozlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, birinchi oyda parvozlar amalga oshirilgan barcha boshqa yo‘nalishlar jadvalda saqlanadi.
Haftalik parvozlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Toshkent — Buxoro — Toshkent;
Toshkent — Samarqand — Toshkent;
Toshkent — Qarshi — Toshkent;
Toshkent — Navoiy — Toshkent;
Toshkent — Namangan — Toshkent;
Toshkent — Nukus — Toshkent;
Toshkent — Termiz — Toshkent;
Toshkent — Urganch — Toshkent;
Toshkent — Farg‘ona — Toshkent;
Farg‘ona — Urganch — Farg‘ona;
Farg‘ona — Buxoro — Farg‘ona;
Farg‘ona — Navoiy — Farg‘ona;
Samarqand — Urganch — Samarqand;
Buxoro — Urganch — Buxoro.
Aviakompaniya parametrlari va narxi bilan farqlanuvchi uchta tarifga ega. ODDIY tarifi narxiga 5 kg qo‘l yuki kiradi (yuk maxsus o‘lchamdan oshmasligi kerak — 40cm x 30cm x 20cm), bagaj, pulni qaytarish va chiptalarni qayta bron qilish kirmaydi.
OSON tarifi ham qaytarilmaydi, lekin qayta bron qilish va 10 kg gacha bagaj olish imkoniyati mavjud.
OMAD tarifiga 20 kg gacha yuk, qayta bron qilish va minimal jarimalar bilan chiptani qaytarish kiradi.
Shuningdek, 1-iyundan sotuvlar chuqurligi 5 oygacha oshadi, ya’ni chiptalarni 29-oktabrgacha bo‘lgan sanalar uchun sotib olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0