O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova vafot etdi

© Ministerstvo kulturi i turizma UzbekistanaKizlarxon Dustmuxammedova
Kizlarxon Dustmuxammedova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Bir qancha mumtoz raqslari bilan tanilgan raqqosa 77 yoshda edi. Madaniyat va turizm vazirligi uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Taniqli raqqosa, o‘zbek raqs san’atida o‘z maktabini yaratgan O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova 77 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi Madaniyat va turizm vazirligi.
Qizlarxon Do‘stmuhammedova 1946-yil 25-oktabr sanasida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Dastlab, 1965-yilda Toshkent davlat universitetini, 1977-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti) tamomlagan.
© Ministerstvo kulturi i turizma UzbekistanaKizlarxon Dustmuxammedova
Kizlarxon Dustmuxammedova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Kizlarxon Dustmuxammedova
Mehnat faoliyatini 1965-yilda M.Qori-Yoqubov nomidagi O‘zbek davlat filarmoniyasi balet solisti sifatida boshlagan va 1989-yilga qadar faoliyat olib borgan.
Keyinroq “O‘zbekiston” Teatr-studiyasi solisti (1989-1991), Toshkent davlat madaniyat instituti, “Xalq musiqasi” kafedrasi o‘qituvchisi (1991-1995), Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamg‘armasi qoshidagi milliy mumtoz raqs dastasining bosh badiiy rahbari sifatida (1999-2005) faoliyat yuritgan.
U — lirik raqqosa. Raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. “Go‘zal”, “Tong malikasi”, “Go‘zal tong”, “Intizor”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Nozli” kabi zamonaviy, shuningdek, “Munojot”, “Tanavor”, “Mo‘g‘ulchai segoh”, “Qorako‘zim”, “Guluzorim”, “Savti miskin” kabi bilan mumtoz raqslari mashhur.
“Shashmaqom” telefilmida qatnashgan (1972), “Tanavor” raqs ansambli (Siyetl, AQSh)da o‘zbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSh Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis kabi mamlakatlarda gastrol safarlarida bo‘lgan. Do‘stmuhamedova ijodiga bag‘ishlab “Nafosat guldastasi” nomli film ishlangan (1985). U “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Yangiliklar lentasi
0