NATO Ukraina bo‘yicha Putinga signal yubordi — OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSoldati NATO. Illyustrativnoe foto.
Soldati NATO. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
Bundesver NATO tarixidagi eng yirik havo mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ukrainadagi mojaro fonida NATO Germaniya homiyligida Rossiyani "Air Defender 23" deb nomlangan harbiy mashqlar bilan tahdid qilishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti "Bild" gazetasiga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, ular bu manyovrlar haqida ilk bor 2018-yilda gapira boshlagan, biroq ular g‘oyani amalga oshirish haqida Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyingina ma’lum qilindi.

“Bundesver NATO tarixidagi eng yirik havo mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shubhasiz, bu voqea Rossiya va prezident Vladimir Putinga signal bo‘ladi”, - deyiladi maqolada.

Material mualliflari Germaniya harbiy-havo kuchlari shtab-kvartirasi rahbari Ingo Gerxartsning nutqini shunday izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazifalardan biri “agar eng yomoni sodir bo‘lsa” harbiy blok qanchalik tez javob qaytara olishini ko‘rsatishdir.
Germaniyada 12-23 iyun kunlari "Air Defender 23" mashqlari bo‘lib o‘tadi. "Bild" nashrining yozishicha, manyovrlarda Yevropa va AQShdan bir necha ming askar ishtirok etishi kerak. Mashg‘ulotlar davomida 240 ta samolyot havoga ko‘tariladi.
Avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainani NATOga qabul qilish oqibatlaridan ogohlantirgan edi. Shuningdek, u maxsus operatsiyani NATOning uzluksiz kengayishiga Rossiya javobi deb atagan.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2023
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga yo‘q qo‘ymaslik maxsus operatsiya maqsadlaridan biri – Peskov
Yangiliklar lentasi
0