Kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari boshlandi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSolnechnie paneli
Solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
Respublika hududlari bo‘ylab ijtimoiy soha obyektlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. “Yashil Energiya” MChJ tomonidan respublika hududlari bo‘ylab ijtimoiy va davlat obyektlari hamda boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi tibbiyot muassasasida 50 kVt, Oqqo‘rg‘on tumanidagi Prezident maktabida 20 kVt, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi tibbiyot muassasasida 100 kVt, Andijon shahridagi 2 ta tibbiyot muassasasida 200 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, respublika hududlari bo‘ylab bu kabi boshqa ijtimoiy soha obyektlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq “Yashil Energiya” MChJ tashkil etilgan. Kompaniya davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha va davlat obyektlari ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatadi va ekspluatatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0