O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Hasanova vafot etdi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sportaGlavniy sudya Federatsii fextovaniya Aida Xasanova umerla
Glavniy sudya Federatsii fextovaniya Aida Xasanova umerla  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Hasanova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirildi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Joriy yilning 23-may kuni O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Hasanova vafot etdi. Yoshlar siyosati va sport vazirligi Aida Hasanovaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Aida Hasanova 1983-yil 4-avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Qilichbozlikning 3 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam darajasiga yetgan o‘zbekistonlik birinchi mutaxassis hisoblanadi. Sportchilik faoliyatida xalqaro toifadagi sport ustasi darajasiga ega bo‘lgan.
2001-2006 yillarda mamlakat chempionati va xalqaro turnirlar, Markaziy Osiyo birinchiligi, xususan, 2005-yil Angliyada o‘tgan nufuzli turnirda g‘alaba qozongan. So‘nggi Jahon kubogi va Gran-pri musobaqalari, turli yosh toifalaridagi jahon chempionatlarida muntazam ravishda hal qiluvchi janglarni boshqarib borgan. Aida Hasanova ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlarida ishlagan o‘zbekistonlik birinchi hakam hisoblanadi.
Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Aida Hasanova 23-may kuni Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida kosmetologik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan. Shundan so‘ng uning ahvoli og‘irlashgan. Aida Hasanova shifokor qarori bilan boshqa shifoxonaga ko‘chirilgan, biroq kechqurun u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0