Zelenskiyning tinchlik rejasi — Uchinchi jahon urushiga olib boradi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishZasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve
Zasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainalik muxolifatchi Viktor Medvedchuk Zelenskiyning "tinchlik rejasini" tahlil qilib uning negizida Uchinchi jahon urushiga olib boruvchi tamoyillar yotganini aniqladi.
Ukraina prezidenti Zelenskiyning dunyo bo‘ylab keng tashviqot qilinayotgan tinchlik rejasi bu hech qanday reja emas, shunchaki Zelenskiy va uning atrofidagilarning o‘ta ambitsiyali istaklari ro‘yxati. Zero, inqirozni bartaraf etishning har qanday rejasi uning sabablari, maqsadlari va chiqish vositalari, amalga oshirish bosqichlari tahlilini o‘z ichiga olishi kerak. Zelenskiyning rejasida bularning hech biri yo‘q.
Zelenskiyning noaniq matnlarini tahlil qilsangiz, rejaning nimadan iboratligini osongina tushunishingiz mumkin:
1.
Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan olib chiqib ketishi kerak.
2.
Rossiya qattiq jazolanishi kerak.
3.
Rossiyaning jazolash asosida yangi dunyo tartibi va xavfsizlik tizimi quriladi.
Bundan yagona xulosa shuki, reja ortida Zelenskiy emas, boshqalar turibdi va ular Ukraina prezidentini keng qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ko‘rib turganingizdek, bu rejaning asosiy nuqtalari Rossiyaning jazolanishi, zaiflashishi va harbiy mag‘lubiyatidir. Ammo agar biz biron bir tomonning mag‘lubiyati haqida gapiradigan bo‘lsak, buni tinch reja deb atash mumkin emas.
Yaqqol ko‘rinib turgan birinchi narsa — Zelenskiy harbiy harakatlar sabablari haqida sukut saqlamoqda. Lekin sabablar kundek ravshan:
1.
NATOning Ukrainaga kirib kelishi Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga tahdid solgan va barcha mumkin bo‘lgan qizil chiziqlarni kesib o‘tish bo‘ldi.
2.
Neonatsizm va millatchilik, qonunsizlik siyosati Zelenskiy tomonidan davlatga ko‘tarilgan mafkuraga aylandi.
3.
Ushbu jinoiy mafkura yordamida rusiyzabon aholining huquqlarini ommaviy ravishda poymol qilish, o‘zgacha fikrlaydigan odamlarni, Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarga moyil bo‘lgan siyosiy muxolifat va fuqarolardan tozalash boshlandi.
Bu sabablarning barchasida Ukraina rahbariyati asosiy rol o‘ynadi, shuning uchun Zelenskiyning rejasida bu yoki boshqa sabablar tahlili yo‘qligi aniq. Axir, har qanday tahlil Ukraina va shaxsan Zelenskiyning javobgarligiga olib keladi. Biroq, nafaqat Ukrainada, urush sabablarini o‘rganish, albatta, mojaroning boshqa yashirin o‘yinchilari uchun juda yoqimsiz holatlarga, ayniqsa NATO blokining cheksiz ishtahasini oshkor qiladi.
Agar ushbu rejani batafsil tahlil qiladigan bo‘lsak, savol tug‘iladi: Zelenskiy kimning hisobidan Rossiyani jazolaydi, zaiflashtiradi va mag‘lub qiladi? Bu rejada aytilmagan. Bu rejani qabul qiladiganlar hisobidan ekanligi aniq. Rossiyani jazolamoqchimisiz? Qurol, moliya va gumanitar yordamga sarmoya kiriting. Nima uchun narsalarni murakkablashtirish kerak? To‘g‘ridan-to‘g‘ri aytaylik - biz harbiy harakatlarga sarmoya kiritamiz, biz Rossiyani jazolaymiz va undan pul ishlab olamiz.
Shu nuqtayi nazardan, Zelenskiy "Rossiya bilan keng ko‘lamli urush" aksiyadorlik jamiyatiga bosh bo‘loqda yoki, narsalarni o‘z nomi bilan ataganda — "Uchinchi jahon urushi" AJ deb ataymiz. Bu vaziyatda u shunchaki birovning o‘yinidagi piyoda ekanligi aniq. Uning roli — shunchaki reklama kompaniya qiyofasi, jarchi. U NATOning butun dunyoda to‘liq gegemon bo‘lishi uchun yadroviy davlat bilan to‘qnashuvga chorlamoqda. Lekin Zelenskiyning o‘zi esa faooliyatdan kelib chiqadigan xavflarni to‘lamoqchi emas. Bundan u daromad va siyosiy ball olmoqchi xolos.
Ushbu "tinchlik" rejasidan kim yutqazadi? Bu qonli bayram allaqachon ushbu axmoqlikni qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlar xalqlari tomonidan to‘lanmoqda. Men Zelenskiyni hurmat qiladigan hukumat rahbarlarini emas, balki o‘sha davlatlar xalqlarini aytayapman. Ulardan kimdir o‘z hamonidan, kimdir o‘z istiqboli bilan, kimdir o‘z hayoti bilan to‘lamoqda.
Bir vaqtlar dunyo hukumatlari Gitler va uning tarafdorlarini qarsaklar bilan olqishlab, ularni tinchlikparvar va Yevropa himoyachilari deb atashgan edi. Ammo biz bilamizki, tarix fojia kabi sodir bo‘ladi va bema’ni qiliq kabi takrorlanadi. Zelenskiyning tinchlik rejasi ana shunday bema’nilikdir.
Axir, Ukrainaga qurol-yarog‘ to‘ldirilishi davom etsa, tinchlikka erishish mumkin emas va tinchlik rejasi bo‘lishi mumkin emas, ulardan foydalanish faqat yangi qurbonlarga olib keladi. Agar mamlakatda neonatsizm siyosati hukmron bo‘lsa, yovvoyi rusofobiya davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlansa va ukrainaliklarga ularning hayotining maqsadi Rossiya bilan abadiy urush ekanligi aytilsa, tinchlikka erishib bo‘lmaydi va tinchlik rejasi ham bo‘lmaydi.
Shuning uchun Zelenskiy tinchlik uchun emas, balki mamlakatlar va qit’alarni kezib, harbiy jazava va qo‘rquvni tarqatmoqda. Bu esa haqiqatan ham dunyoni halokatga olib kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0