https://oz.sputniknews.uz/20230524/ukrainaliklar-zelenskiyning-jinoyatlari-haqida-gapira-boshlashdi-35266716.html
Ukrainaliklar Zelenskiyning jinoyatlari haqida gapira boshlashdi — OAV
Ukrainaliklar Zelenskiyning jinoyatlari haqida gapira boshlashdi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiy xavfsizlik xizmatlarini jalb qilgan holda mamlakat biznes sektorini qayta taqsimlashni boshladi.
2023-05-24T10:57+0500
2023-05-24T10:57+0500
2023-05-24T11:52+0500
ukraina
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35270932_256:0:3072:1584_1920x0_80_0_0_037c6f3335176f6ecabb345d2d8c1692.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Maxsus operatsiya boshlangandan beri Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina siyosatchilari xavfsizlik xizmatlarini jalb qilgan holda mamlakat biznes sektorini qayta taqsimlashni boshladilar, deb xabar qildi Politico sharhlovchisi Jeymi Dettmer o‘z manbalariga tayanib.Material muallifining ta’kidlashicha, hozir yangi mulkdorlar qonunga xilof ravishda eski elitaning boyligini o‘zaro taqsimlashga harakat qilmoqda. Tovlamachilik, talonchilik va biznesdagi raqobatchilarni yo‘q qilish uslublaridan foydalanilmoqda.Keng tarqalgan sxema - ayrim firmalar milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan jinoyat sodir etganlikda ayblanishi yoki Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan yuritiladigan sanksiyalangan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilishi.Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, bu hiyla-nayranglarning barchasi G‘arbda sarosimaga sabab bo‘lmoqda: ular xorijiy investorlarni qo‘rqitib, ularni Ukraina korrupsiyasi muammosi yechimi yo‘qligiga ishontirmoqda. Shu bilan birga, ichki tijorat urushi agrobiznesdan tortib axborot texnologiyalari sohasigacha butun iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deya xulosa qildi Dettmer.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/18/35270932_517:0:2734:1663_1920x0_80_0_0_f976bbbd472b2a4d483db46252d9e480.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina zelenskiy jinoyatlari
ukraina zelenskiy jinoyatlari
Ukrainaliklar Zelenskiyning jinoyatlari haqida gapira boshlashdi — OAV
10:57 24.05.2023 (yangilandi: 11:52 24.05.2023) Vladimir Zelenskiy xavfsizlik xizmatlarini jalb qilgan holda mamlakat biznes sektorini qayta taqsimlashni boshladi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Maxsus operatsiya boshlangandan beri Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina siyosatchilari xavfsizlik xizmatlarini jalb qilgan holda mamlakat biznes sektorini qayta taqsimlashni boshladilar, deb xabar qildi Politico sharhlovchisi Jeymi Dettmer o‘z manbalariga tayanib.
"Avvalgi hech bir ma’muriyat o‘z qo‘lida bunchalik katta kuch to‘plagani yo‘q, bu cheksiz hokimiyat. Mojaro tufayli esa u xalqaro hamjamiyat va ommaviy axborot vositalari nazarida daxlsiz bo‘lib qoldi", - dedi ukrainalik kompaniyaning ismini oshkor etmagan rahbari gazetaga.
Material muallifining ta’kidlashicha, hozir yangi mulkdorlar qonunga xilof ravishda eski elitaning boyligini o‘zaro taqsimlashga harakat qilmoqda. Tovlamachilik, talonchilik va biznesdagi raqobatchilarni yo‘q qilish uslublaridan foydalanilmoqda.
Keng tarqalgan sxema - ayrim firmalar milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan jinoyat sodir etganlikda ayblanishi yoki Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan yuritiladigan sanksiyalangan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilishi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, bu hiyla-nayranglarning barchasi G‘arbda sarosimaga sabab bo‘lmoqda: ular xorijiy investorlarni qo‘rqitib, ularni Ukraina korrupsiyasi muammosi yechimi yo‘qligiga ishontirmoqda. Shu bilan birga, ichki tijorat urushi agrobiznesdan tortib axborot texnologiyalari sohasigacha butun iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deya xulosa qildi Dettmer.