O‘zbekiston va Eron hamkorlikda sut mahsulotlari ishlab chiqaradi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaUzbekistan i Iran sovmestno proizvodat molochnuyu produksiyu
Uzbekistan i Iran sovmestno proizvodat molochnuyu produksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona hamda chorva ozuqasi yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Eronning “Mimas Dairy” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Abbos Salimiyon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona hamda chorva ozuqasi yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Kompaniya vakillari tomonidan "Angren" EIHda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasi tashkil etish hamda Ohangaron tumanida chorva uchun ozuqa mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha qiziqish bildirildi va ish boshlash uchun mo‘ljallangan yer maydonlarining holati joyiga borib o‘rganildi. Shuningdek, Ohangaron tumani hokimligi rahbariyati bilan ham muzokaralar o‘tkazilib, mavjud yer maydonlari haqida atroflicha ma’lumot almashildi.

Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, kompaniya vakillari O‘zbekiston bozorini o‘rganish maqsadida dastlab, yirik savdo do‘konlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida sotuvni yo‘lga qo‘yish va yil yakuniga ko‘ra investitsiya loyihasini ishlab chiqish taklifini bildirdi.
Ma’lumot uchun, “Mimas Dairy So.” kompaniyasi 1972-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Eronda sut va sut mahsulotlari, jumladan, yogurt, qaymoq, ayron, qatiq, pishloq, jele, panakota, desertlar, karamel, turli tabiiy sharbatlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Kompaniya mahsulotlari O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlariga keng eksport qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0