Integratsiya asl maqsad emas — Toqayev

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Toqayev fikriga ko‘ra, YeOII doirasida iqtisodiy integratsiya bu asl maqsad emas, bu ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va xalqlari farovonligini rivojlantirish vositalaridan biridir.
TOShKENT, 24-may – Sputnik. Qozog‘iston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida integratsiya tarafdori, lekin bu asl maqsad emas, dedi Qasim-Jomart Toqayev Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Ikkinchi Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida. RIA Novosti xabariga asosan.
Toqayev fikriga ko‘ra, YeOIIda iqtisodiy integratsiya bu asl maqsad emas. Bu ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va xalqlari farovonligini rivojlantirish vositalaridan biridir. Shu sababli, iqtisodiy integratsiya muvaffaqiyatining asosiy o‘lchovi strategiyalar, shartnomalar va qarorlar soni emas, balki yangi sanoat, texnologiyalar va ish o‘rinlari hisoblanadi. Qozog‘iston uchun YeOII doirasidagi integratsiya birinchi navbatda iqtisodiy xususiyatga ega, bu 2015-yilgi kelishuvda belgilab qo‘yilgan, dedi davlat rahbari.

"Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, Qozog‘iston 2015-yilgi kelishuvda belgilangan, YeOII tamoyillari asosida, integratsiya g‘oyasiga mutlaqo sodiqdir. Ya’ni infratuzilmadan baravar foydalanish, adolatli raqobat, teng huquqlilik va milliy manfaatlarni hisobga olish kabi asosiy tamoyillar”, - dedi Toqayev yig‘ilishda so‘zlagan nutqida.

"Muntazam ravishda yuzaga keladigan o‘zaro to‘siqlar va cheklovlarga qaramasdan, biz ittifoq bozorida to‘laqonli chambarchas bog‘langan o‘zaro ta’sir muhitini yaratishimiz kerak. Oldinga qo‘yilgan va e’lon qilingan ko‘plab maqsadlarga hali erishilgani yo‘q. Shuning uchun ham birinchi navbatda, ittifoq doirasidagi belgilangan hamkorlikning asosiy vazifalarini oxirigacha hal qilishga e’tibor qaratishimiz kerak”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Asosiy vazifalarni bajarmasdan turib, yanada yuksak maqsadlarni qo‘yish qiyin, deb hisoblaydi Toqayev. Yangi rejalarni kiritishdan oldin, avval oldin e’lon qilingan ishlarni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Ikkinchi Yevroosiyo iqtisodiy forumi

Ma’lumot uchun, Moskvada 24-25 may kunlari Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. unda YeOII mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Nikaragua, Venesuela, Indoneziya vakillari, shuningdek, BMT, JSST va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari, jami 2,5 mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning markaziy va asosiy voqeasi YeOIIga a’zo davlatlar davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis bo‘ladi. Undan tashqari YeOII, ShHT va BRIKS o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqboldagi “YeOII-2030+ strategiyasi” va boshqa mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, forum doirasida “Texnologiya va hamkorlik”, “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII”, “Yevrosiyo aloqalari”, “YeOII ichki bozori, bojxona. Hamkorlik, raqobat va davlat xaridlari”, “Strategik blok” va YeOII kabi mavzularda forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0