Yevroosiyo iqtisodiy forumi: Putin nutqidan asosiy fikrlar

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii YeEF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida so‘zladi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi Yevroosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Davlat rahbarining asosiy bayonotlari RIA Novosti materialida.

Bir qutbli dunyo tarafdorlari o‘z oyog‘iga o‘q uzmoqda

"Biz global maydonda haqiqatan ham chuqur, tub o‘zgarishlar ro‘y berayotganini ko‘rib turibmiz. Tobora ko‘p davlatlar o‘z milliy suverenitetni mustahkamlash, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish va o‘z taraqqiyot modeliga amal qilish yo‘lidan bormoqda", - deydi Rossiya prezidenti.

Bir qutbli dunyo g‘oyasiga ishonganlar o‘z oyog‘iga o‘q uzmoqda va “gegemonning" buyrug‘iga bo‘ysunishga majbur bo‘lmoqda.
"Xalqaro moliyaviy sohada ham tub o‘zgarishlar sodir bermoqda va shuni mamnuniyat bilan qayd etishni istardimki, Rossiya nafaqat moslashishga erishmoqda, balki bu jarayonlarda yetakchilardan biriga aylanmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Prezident xulosasiga ko‘ra, jahon moliya tizimini markazdan mahrum qilish “iqtisodni siyosatdan ajratish” imkonini beradi.

“Kelajakda iqtisod jahon zaxira valyuta egalari bo‘lgan davlatlardagi inqirozlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu nafaqat davlatlar orasidagi hisob-kitoblar, balki butun jahon iqtisodiyoti xavfsizligini oshiradi va iqtisodiy sohadagi ishlarni siyosatdan xoli qiladi”, — dedi Putin.

Xorijdagm mutaxassislar adashdi

YeOIIga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston orasida iqtisodiy munosabatlar dinamikasi haqida gapirar ekan, prezident global inqiroz bilan bog‘liq pessimistik prognozlar amalga oshmaganini ta’kidladi.
"Raqamlar o‘z-o‘zidan dalolat beradi. Jahon iqtisodiyoti va savdodagi keng ko‘lamli inqiroz, sezilarli geosiyosiy xavflar va noaniqlik omiliga qaramay, Yevroosiyo ittifoqining 2022-yilga mo‘ljallangan yalpi ichki mahsuloti atigi 1,6 %ga kamaydi. Xorijiy ekspertlar esa butunlay boshqacha ssenariyni, iqtisodiy qulash bo‘lishini bashorat qilishgan edi. Bunga o‘xshash hech narsa sodir bo‘lmadi va bundan keyin ham bo‘lmasligi aniq”, — dedi Rossiya prezidenti.
Moskva yangi logistika yo‘nalishlarini yaratishga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
"Shubhasiz, bugungi kunda yangi barqaror logistika zanjirlarini barpo etish va xalqaro yo‘nalishlarni jadal rivojlantirish dolzarbligi oshdi. Biz bu ishga YeOII doirasida ham, undan tashqarida ham, jumladan, "Shimol-Janub" transport koridori loyihasi doirasida ham katta ahamiyat beramiz", — dedi Putin.

Keng tarkibda yig‘ilish

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “barcha davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikka doimo mas’uliyat va vijdonan yondashadi” va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida qabul qilingan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajaradi.
Rossiya davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi forum ishtirokchilarining “keng tarkibi”, YeOII roli ortib borayotgani, “tez o‘zgarib borayotgan dunyo, Yevroosiyo integratsiyasining muvaffaqiyatli rivojlanishi haqida gapiradi va tashkilotga nisbatan chet elda qiziqish ortib borayotganidan darak beradi”
Uyushmaning ustuvor vazifalaridan biri bu — texnologik suverenitetni ta’minlash, dedi Rossiya prezidenti.
"Bizning mamlakatlarimiz jahon bozorlarida raqobatga bardosh bera oladigan yuqori sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yetarli ilmiy, insoniy va sanoat salohiyatiga ega. Bu bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanini biz yaxshi tushunamiz. Chunki texnologik mustaqillikni ta’minlash degani, aslida, "Iqtisodiy, demak siyosiy mustaqillikning o‘zagidir", — deb xulosa qildi Putin.
Ma’lumot uchun, Moskvada 24-25 may kunlari Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. unda YeOII mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Nikaragua, Venesuela, Indoneziya vakillari, shuningdek, BMT, JSST va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari, jami 2,5 mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning markaziy va asosiy voqeasi YeOIIga a’zo davlatlar davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis bo‘ladi. Undan tashqari YeOII, ShHT va BRIKS o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqboldagi “YeOII-2030+ strategiyasi” va boshqa mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, forum doirasida “Texnologiya va hamkorlik”, “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII”, “Yevrosiyo aloqalari”, “YeOII ichki bozori, bojxona. Hamkorlik, raqobat va davlat xaridlari”, “Strategik blok” va YeOII kabi mavzularda forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0