Wildberries o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun savdo komissiyasini kamaytirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVladelitsa internet-magazina Wildberries T. Bakalchuk stala vtoroy jenshinoy-milliarderom v Rossii
Vladelitsa internet-magazina Wildberries T. Bakalchuk stala vtoroy jenshinoy-milliarderom v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Wildberries O‘zbekistonlik elektronika va maishiy texnika bilan savo qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo komissiyasini kamaytirdi.
TOShKENT, 23-may – Sputnik. Rossiyaning eng yirik onlayn savdo maydonchasi Wildberries O‘zbekistonlik elektronika sotuvchilari uchun komissiyani pasaytirdi. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda.
"Wildberries 24-maydan boshlab onlayn platforma orqali savdo qilayotgan o‘zbekistonlik maishiy texnika va elektronika sotuvchi tadbirkorlar uchun o‘z komissiyasini 2% miqdorigacha pasaytiradi. O‘zbekiston tadbirkorlari uchun bu chora bozorda onlayn biznes yuritish xarajatlarini kamaytiradi”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Ushbu imtiyozli komissiya qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxatiga 500 dan ortiq mahsulot kritilgan. Noutbuklar va smartfonlarni sotishda minimal komissiya 3% dan boshlanadi.
Aprel oyida "O‘zeltexsanoat" elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi O‘zbekistondagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari Wildberries orqali Rossiya Federatsiyasida o‘z mahsulotlarini sotishni ko‘paytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
O‘tgan juma kuni Wildberries O‘zbekistonda o‘zining birinchi yirik saralash markazini ochdi. Toshkent viloyatida joylashgan omborxona maydoni 1,112 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
2022 yil oxirida Wildberries O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotishni ikki baravar oshirib, 19,1 milliard rublni tashkil etdi. Bugungi kunda ushbu platformada o‘z mahsulotlarini sotayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar soni ikki barobarga oshib 1865 nafarni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0