Belgorodga hujum qilgan Ukraina terrorchilari yakson qilindi — video

Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi Rossiyaning Belgorod viloyati hududiga bostirib kirgan va tinch aholini o‘qqa tutgan Ukraina terrorchilarining yakson qilingan texnikasini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Artyomovskda mag‘lubiyatga uchragan Kiyev rejimi tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga o‘tdi.
Ukraina millatchilaridan iborat diversion guruhlar 22-may kuni "Kozinka" xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti, shuningdek, Belgorod viloyatining Graivoronskiy tumanidagi boshqa bir qator fuqarolik obyektlari artilleriyadan o‘qqa tutilgandan so‘ng Rossiya hududiga bostirib kirdi.

Tezkor aksilterror operatsiya davomida havo hujumlari, artilleriya o‘qlari va G‘arbiy harbiy okrug Davlat chegarasi qo‘riqlash bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida millatchi bo‘linmalar bloklandi va tor-mor etildi. Ularning omon qolgani Ukraina hududiga qaytdi va u yerda butunlay yo‘q qilinmaguncha o‘qqa tutildi.

Ukraina terrorchilariga qarshi Belgorod viloyati va qo‘shni Ukraina hududida o‘tkazilgan operatsiya davomida jami 70 dan ortiq ukrainalik terrorchi, to‘rtta zirhli jangovar mashina va beshta pikap yo‘q qilindi.

Yangiliklar lentasi
0