O‘zbekistonda elektromobil sotib oluvchilar soni yana oshdi

© Energetika vazirligi Elektromobillarni tezkor zaradlash stansiyasi
Elektromobillarni tezkor zaradlash stansiyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eng ko‘p elektromobilni Xitoydan sotib oldi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston shu yilning 4 oyi davomida xorijdan 81,3 mln dollarga teng bo‘lgan elektromobillar import qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Buxoroda 9-sinf o‘quvchisi elektromobil yasadi — intervyu
Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan 2 544 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1815 taga oshgan.
Mamlakat aprel oyida xorijdan 876 dona elektromobil import qilgan.
O‘zbekiston 4 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
Xitoy – 2 278 ta;
Gonkong – 202 ta;
Germaniya – 32 ta;
BAA – 16 ta;
Koreya – 9 ta;
AQSh – 4 ta.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.
Yangiliklar lentasi
0