Moskvada "Ko‘p qutbli dunyoda Yevroosiyo integratsiyasi" forumi bo‘lib o‘tadi

© YeEKFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2023
Obuna bo‘lish
Forumning maqsadi — Yevroosiyo makonida hamkorlik aloqalarini yaxshilashdan iborat.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Moskvada 24-25 may kunlari yilning eng muhim voqealaridan biri — Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir “Ko‘p qutbli dunyoda Yevroosiyo integratsiyasi” shiori ostida o‘tkaziladi.
Forum doirasida yettita tematik yo‘nalishga bo‘lingan 35 ta biznes sessiyasi o‘tkaziladi: “Inson kapitali”, “Texnologiya va hamkorlik”, “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII”, “Yevrosiyo aloqalari”, “YeOII ichki bozori, bojxona. Hamkorlik, raqobat va davlat xaridlari”, “Strategik blok” va YeOII Ishbilarmonlar kengashi bloki.
Shuningdek, tadbirda YeOII, ShHT va BRIKS o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqboldagi “YeOII-2030+ strategiyasi” va boshqa mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Forumning markaziy va asosiy voqeasi YeOIIga a’zo davlatlar davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis bo‘ladi.
Tadbirda jami 2,5 mingdan ortiq hokimiyat, ishbilarmon doiralar, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Ular qatorida YeOII mamlakatlari (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya) vakillaridan tashqari, Xitoy, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Nikaragua, Venesuela, Indoneziya vakillari, shuningdek, BMT, JSST va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy forumi - bu YeOIIning iqtisodiy sohadagi yillik ishbilarmonlik tadbiri bo‘lib, u o‘z navbatida Ittifoqqa a’zo davlatda, uning organlariga (Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va YeIK Kengashi) raislik qiluvchi davlatda o‘tkaziladi. O‘tgan yili forum Qirg‘iziston poytaxti – Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Sputnik axborot agentligi EIF-2023 ning axborot hamkori.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie  v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta v formate videokonferensii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida ishtirok etishini kutmoqda
Yangiliklar lentasi
0