Qashqadaryo hokimi bir necha tuman hokimlarini ogohlantirdi

© Foto: press-slujba xokimiyata Kashkadarinskoy oblastiMurotjon Azimov
Murotjon Azimov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
Murotjon Azimov pillachilikda sustkashlik qilgan Shahrisabz shahri, G‘uzor, Kasbi, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari hokimlarini ogohlantirdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Qashqadaryo hokimi Murotjon Azimov pilla yetishtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan 8 nafar hokim va uning shu masalaga mas’ul o‘rinbosarlari faoliyatini tanqid qildi. 5 nafar tuman hokimini ogohlantirdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Murotjon Azimov boshchiligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan hokimlik soati bo‘lib o‘tgan.
Unda aholi, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha tashkilotlarini kuz-qish mavsumida ko‘mir mahsuloti bilan uzluksiz ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini ko‘mirga moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qarshi tumani va Ko‘kdala tumani hokimlarining hisobotlari tinglangan.
Viloyat hokimi agrar sohada va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi.
“Xususan, pilla yetishtirishda qoloqliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan Shahrisabz shahri, Dehqonobod, Yakkabog‘, Chiroqchi, Kitob, G‘uzor, Qarshi va Shahrisabz tumanlari hokimlari hamda mas’ul o‘rinbosarlari tanqid qilinib, ularga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq muddatlar berildi”, - deyilgan xabarda.
Yig‘ilishda, shuningdek, prezidentning IT sohasini rivojlantirish yuzasidan bergan topshirig‘i bo‘yicha viloyatda ancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, natijasi yo‘qligi, 5 ta hudud hokimi eksport rejasini bajarolmayotgani tanqid qilingan. Mahalliy xizmatlar hajmi birinchi chorakda 223 million so‘mga va 100 ming dollar IT xizmatlar eksporti amalga oshirilgan, xolos.
Bundan tashqari, joriy yil may oyi uchun belgilangan eksport prognozlarining bajarilishi muhokama qilinib, Shahrisabz shahri, G‘uzor, Kasbi, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari hokimlari ogohlantirildi.
Yangiliklar lentasi
0