Qabul-2023: hujjat topshirish jarayoni qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovRabota priyomnoy komissii. Illyustrativnoe foto
Rabota priyomnoy komissii. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
Hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Bu haqda Xalqaro press klubning “Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusidagi sessiyasida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 1-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.
Avvalroq, test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari tasdiqlangandi. Umumiy 2023/2024 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0